Operasion sistema bu boshqaruv dasturidir, operasion sistema bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur hisoblanadi, kompyuter resurslari ikki hil ko’rinishda ish olib boradi bular fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi.
Fizik resurslar bu:
Xotira
Vinchester
Monitor
Tashqi qurilmalar
Dasturiy resurslar bu:
Dasturlash sistemasi- dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilari dasturlar, amaliy dasturlar to’plami singari operasion sistema boshqaruvi ostida ishlaydi.
Operasion sistemalardan qo’yidagi hususiyatlarga ega bo’lish talab etiladi:
1. Ishonchlilik- operasion sistema o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. Operasion sistema foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan hatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
2.Himoya- operasion sistema bajariloyotgan masalalarning o’zaro bir-biriga beradigan ta’sirdan himoyalash kerak.
3.Bashorat- operasion sistema foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berish kerak.Foydalanuvchi buyruqlari sistema qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma- ketligi qanday bo’lishdan qatiy nazar natija bir hil bo’lishi kerak.
4.Qulaylik- Foydalanuvchiga operasion sistemani taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini echishdan ozod qilishdir.Sistemani inson psihologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
5.Effektivlik- Resurslar taqsimotida operasion sistema foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |