Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi


Viruslarni indikasiya qilish usullari


Download 37.93 Kb.
bet6/11
Sana10.10.2023
Hajmi37.93 Kb.
#1697014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
botanika

Viruslarni indikasiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining 
kirib kelishi , oldin noma‘lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va 
ularni identifikasiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun 
sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud. 
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko‘payishi 
(reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar ( destruksiya) kiritmalar hosil bo‘lishi 
kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta‘siri) ya‘ni hujayrani 
morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni 
quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikasiya) mumkin: 
1. Virusni hujayraga sitopatologik ta‘siri (effekti) 
2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi 
3. Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi
4. Gemadsorbsiya reaksiyasi 
5. Gemagglyutinasiya reaksiyasi 
6. Rangli reaksiya 
7. Interferensiya fenomeni

133 


Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida 
ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish 
bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda 
ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning yemirilishi 
oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng bu 
hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida 
xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning 
xarakteri bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil 
tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 33), o‘choqli mayda donodor 
destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani 
(gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni ( retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-
sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi 
indikasiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.

Download 37.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling