Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi
Viruslarni indikasiya qilish usullari
Download 37.93 Kb.
|
botanika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti) .
Viruslarni indikasiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining
kirib kelishi , oldin noma‘lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va ularni identifikasiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud. Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko‘payishi (reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar ( destruksiya) kiritmalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta‘siri) ya‘ni hujayrani morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikasiya) mumkin: 1. Virusni hujayraga sitopatologik ta‘siri (effekti) 2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi 3. Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi 4. Gemadsorbsiya reaksiyasi 5. Gemagglyutinasiya reaksiyasi 6. Rangli reaksiya 7. Interferensiya fenomeni 133
Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning yemirilishi oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng bu hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xarakteri bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 33), o‘choqli mayda donodor destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani (gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni ( retroviruslar, morbiloviruslar, respirator- sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi indikasiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi. Download 37.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling