Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi


Birlamchi hujayra kulturalari


Download 37.93 Kb.
bet5/11
Sana10.10.2023
Hajmi37.93 Kb.
#1697014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
botanika

Birlamchi hujayra kulturalari – to‘qimalardan ajratib olingandan kiyin ko‘payish 
generasiyasi 5-10 marotiba qayta undirib olishga yaraydi. Bunday hujayra kulturalari 
laboratoriya sharoitida embrional, normal to‘qimalarini bo‘lakchalaridan maxsus proteolitik 
fermentlar ( tripsin) ta‘sir etirilib hujayra kulturalari olinadi.Birlamchi tripsinlangan hujayra 
kulturalarni kamchiligi asosan ularni bir necha generasiyadan kiyin ko‘payishini to‘xtab qolishi 
hisoblanadi. 
Undiriladigan yoki stabil hujayra kulturalari – bunday hujayra kulturalari laboratoriya 
sharoitida bir necha 10 yillar ko‘payish xususiyatini yo‘qotmaydi va ko‘plab qayta 
undirishlarga chidaydi. Bu hujayra kulturalari yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lgan o‘sma 
yoki embrional to‘qimalardan olinadi Bularga xavfli o‘sma hujayralari HeLa (birinchi marta 
bachadon bo‘ynidagi karsinomadan), Ner-3 (limfoid karsinomasidan), hamda odam 
amnionining normal hujayralari, maymun buyragi va boshqalardan tayyorlapga n hujayralar 
kiradi va ular birlamchi hujayra kulturalariga nisbatan qator avfzalliklarga ega. Bularga kiradi: 
uzoq yillar undirilishi va yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lishi, kam mexnat talabi, uzoq 
yillar muzlatib qo‘yilganda ham o‘zining xususiyatini yo‘qotmasligi, xalqaro hujayra kultura 
liniyasi bo‘ylab ko‘plab dunyodagi laboratoriyalarda qo‘llanilishi. Lekin, bu hujayralarning 
ko‘plab generasiyalari natijasida havfli ko‘payish xarakteri va somatik mutasiyalarga uchrash 
extimolligi bu hujayralarni virus vaksinalari olish jarayonlarida qo‘llashni chegaralab qo‘yishga 
olib kelgan. 
Yarim undiriladigan (diploid) hujayra kulturalari – ko‘paytirilib undirilishi 
chegaralangan 40 va 50 generasiyaga chidaydi. Bu hujayralar asosan odam embrioni diploid 
hujayralaridan olinadi. Undirilish jarayonida bu hujayralar o‘zlarini birlamchi avlodlari singari 
tarkibida diploid xromosoma to‘plami saqlashodi va havfli hujayra formasiga 
transformasiyalanmaydi. Shuning uchun bu hujayra kulturalaridan virusologik amaliyotda 
diognostik va vaksinalar olish maqsadlarida keng qo‘llaniladi. 

Download 37.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling