Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi
Download 37.93 Kb.
|
botanika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Bakteriyalar (yunoncha sozdan olingan bolib. bakterion — tayoqcha degan maʼnoni bildiradi) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; yadroga ega bo'lmagan mikroskopik organizmlar — 2-xilbo‘ladiprokariotlar. B.da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. B. koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. B.ning koʻp turi tayoqcha shaklida boʻladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh boʻlmay, har xil yoʻllar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi B., (mas, ipsimon B., azotobakter va boshqalar) koʻk-yashil suvoʻtlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar bilan urugʻdosh; spiroxetalar va boshqa baʼzi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga oʻxshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yoʻgʻonligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm boʻladi. Baʼzan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham oʻtib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi. Agar kokklar koʻndalangiga boʻlinish yoʻli bilan koʻpaysa va boʻlingandan keyin bir-biriga qoʻshilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta oʻzaro tik yoʻnalishda boʻlinsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl sarsinalar uchun xos. Kokklar har xil yoʻnalishda boʻlinsa, hujayralarning uzum boshining gʻujumi shaklidagi toʻplami hosil boʻladi, bunday shakl stafilokokklarga taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon B. batsillalar deyiladi. Tayoqchasimon B.ning uchlari tekis "qirqilgan" yoki doʻngroq boʻlishi mumkin. Bular alohida yoki, baʼzan, zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi B. vibrionlar, yoʻgʻon spiralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxetalar deyiladi. Elektron mikroskopda qaralganda B.ning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat ekanligi koʻrinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida iitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Sitoplazmada ribosomalar boʻlib, ular tarkibiga RNK kiradi. B. hujayrasida DNK iplari bor, ular qobiqsiz yadro, yaʼni nukletoid hosil qiladi. B. yuqori temperaturaga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar B.ni oʻldiradi (qarang Dezinfeksiya, Sterillash). B. sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. B.ning koʻpi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. B. sporalari yuqori temperatura va zaharli moddalar taʼsiriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasimon yoki vegetativ hujayralar paydo boʻladi. B.ning rivojlanish sikli har xil. Mas, mikobakteriyalar boʻlinish yoʻli bilan ham, kurtaklanish yoʻli bilan ham koʻpayadi. Miksobakteriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrotsistalar hosil qiladi. Koʻpchilik B. organik moddalarni, baʼzilari anorganik moddalarni oksidlash yoʻli bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan B. aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan B. anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijgʻish deyiladi.
Tabiatda va xalq xoʻjaligida B.ning ahamiyati juda katta. B. tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari B. taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi. B. boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini koʻpaytiradi. B. taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. B. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bogʻliq. Pektin moddalarni bijgʻitadigan B. yordamida zigʻir, kanop va boshqa tolali oʻsimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi. Sanoatda B.ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut (laktat) kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va boshqa spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va boshqa olinadi. B.dan ferment preparatlari tayyorlashda ayniqsa koʻp foydalaniladi. Shu bilan birga, B.ning koʻpgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham toʻgʻri keladi, chunki ular don-dun va boshqa masalliqlarni, har xil xom ashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan koʻpgina kasalliklar (mas, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va boshqalar)ni B. paydo qiladi. Odam va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatadigan B. patogen B. deb ataladi. Fitopatogen B. yovvoyi oʻsimliklarda ham, ekinlarda ham koʻpgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qoʻzgʻatadigan B.ga qarshi aseptika va antiseptika choralari koʻriladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteritsid moddalar ishlatiladi. AdabiyotlarDownload 37.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling