Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi
Virusologiyada qo‘llaniladigan tekshiruv usullari
Download 37.93 Kb.
|
botanika
Virusologiyada qo‘llaniladigan tekshiruv usullari.
D.I. Ivanovskiy chinni sham filtrlarni qo‘llab viruslar olamini kashf qildi. Elektron mikroskopni kashf qilinishi, viruslarni ko‘rish, ularning ultra strukturalarini o‘rganishni ochib berdi. Gradient zichliklarda o‘ta tez ultra sentrifugalarni qo‘llash orqali viruslarning tozalangan preparatlarini olish imkoniyatini va ularning kimyoviy tarkibini o‘rganishga olib keldi. Virusologiya fanini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri, viruslarning o‘stirib olish usullarini ishlab chiqilganligi hisoblanadi. Viruslar obligat parazitlar bo‘lib, faqat tirik hujayralardagina ko‘paya olishi mumkin. Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklar diognostikasida zamonoviy usullar bilan bir qatorda sinalgan turli xil viruslogik tekshirish usullari qo‘llaniladi: - elektron mikroskapiya usuli; - sitoskapik, immunoflyuorissent usullar; - hujayra kulturalarida viruslarni o‘stirish va ajratib olish; - rivojlanayotgan tovuq embirionida viruslarni o‘stirish va ajratib olish; - gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida viruslarni aniqlash; - serologik reaksiyalar, an‘anaviy serologik reaksiyalar (KBR,PR, NR) bilan bir qatorda zamonoviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar; - molekulyar-genetik tekshirish usullari- molekulyar gibridizasiya (MG) va polimeraza zanjirli reaksiya (PZR). Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi: sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra kulturasida o‘stirish. Viruslarni undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir. Hujayra kulturasi- sun‘iy sharoitda o‘sish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, odam va hayvonlarning to‘qima hujayralaridir. Hujayra kulturalarini olish, qo‘llashda 4 ta muhim bo‘lgan muommalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi, bularga kiradi: 1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan yetarili hujayralarni olish. 2. Bu hujayralarni saqlash va ko‘payishini taminlovchi oziq muhitlarni qo‘llash. 3. Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko‘payib ketmasligi uchun chora tadbirlar qo‘llash. 4. Viruslarni hujayra kulturalarida ko‘pyayotganligini (indikasiya) aniqlash va ularni bir- birdan (identifikasiya) saralash. Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘llaniladi. Bu muhitlar tarkibiga aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning rN buferli eritmalar stabil saqlaydi. Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni organizimdan tashqarida yashashini taminlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to‘qima va hujayralarni yuvishda 131
qo‘llaniladi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi (jadval 8). Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi: 1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi); 2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari; 3. Sun‘iy oziq muhitlar. Download 37.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling