Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko‘pchilik viruslar hujayralarda ko‘payganda
hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv
hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus
nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. Chin
chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta
hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. Yorug‘lik
mikroskopida ham aniqlash mumkin (rasm-34).
Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi.
Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli hisoblanadi (34-rasm).
Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus
saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral
qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi..
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma‘lum shakldagi oq-oq
dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir tekisda o‘sgan hujayra
kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan jonsizlangan hujayralar to‘plamidir.
Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil
bilan bo‘yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
Shu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil
qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning
paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim
shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va
ularning sof liniyasini ajratib olishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |