Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi


Download 37.93 Kb.
bet1/11
Sana10.10.2023
Hajmi37.93 Kb.
#1697014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
botanika


Viruslar marfologiyasi va ultura struktura tuzilishi. 
Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan prokariot va eukariotlardan tashqari 
hujayra tuzilish formasiga ega bo‘lmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga kiradi: 
1. Prionlar 
2. Virioidlar 
3. Viruslar 
Prionlar ( ing.so‘z proeinaceous infectious partict – oqsilsimon yuqumli bo‘lakcha). 
Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo‘lib (PrP
c
–celluar prion protein) tarkibida nuklin 
kislota tutmaydi. Normal prion oqsili nukleazlarga rezistent bo‘ladi, lekin proteaz fermentlar 
ta‘sirida inaktivasiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda) 20 xromosoma 
tarkibidagi prion genomi tamonidan kodlashtirilib, boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi 
mutasiya ta‘sirida PrR 
c
gen va Pr R
Sc
ishtirokida transformasiyalanib (PrR 
c
) normal prion 
oqsilidan proteaz fermentlarga chidamli PrR 
Sc
(screpie prion protein) patogent agentga 
aylanadi. Prion oqsillari boshlang‘ich yuqumli agent sifatida (skrepi) tovuqlardan (Kroytsfeldt-
Yakoba kasalligi), katta shoxli qoramollardan (spongiko‘rinishdagi ensefalopatiya- sigir 
qutirishi kasalligi) ajratib olingan. 
Viruslar esa hozirgi kundagi klassifikasiyasiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan. 
Viruslar o‘ta mayda organizimlar bo‘lib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi 
sistemasi shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislatasi tutadi (RNK yoki DNK). 

128 


Qa‘tiy obligat hujayra ichida ko‘payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada 
amalga oshiradi. Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi. 
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo‘lib, faqat viruslarga xos bo‘lgan bir-biridan 
ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko‘payadi, ya‘ni virusni nuklein kislotasi hujayrada alohida 
sintez bo‘lsa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo‘ladi, kiyin ular har bir virus tiplariga xos 
bo‘lgan joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik 
membranada) yig‘iladi.Ularning yig‘ilishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi 
prinsiplari yotadi.Viruslarning hujayradan tashqarisidagi formasini v i r i o n deb, huja yra 
ichidagi formasini esa v i r u s deb yuritiladi. 
Viruslarning morfologik va ulturastrukturasini elektron mikroskop yordamida o‘rganiladi. 
Virionlar o‘lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o‘rta (80-120 nm gripp), katta 
o‘lchamda (00-350 nm chin chechak) 
bo‘lishi mumkin.Virionlarning shakli ham (rasm 30) turli ko‘rinishlarda uchraydi. Shakli
tayoqchasimon ( tamaki bargi virusi), o‘qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp, 
gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kuboidal (chin chechak, ospa vaksina) 
spermatozoidsimon 
(bakteriofaglar) bo‘lishi mumkin. 
Viruslar genomi gaploid ko‘rinishda bo‘lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK 
iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz 
genlar tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli (lineyni), 
xalqasimon va fragmentlangan bo‘lishi mumkin. 
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab, 
infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir 
vaqtni o‘zida informasion (iRNK) vazifasini ham bajaradi. 
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi. 
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang‘oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga 
bo‘linadi. Oddiy viruslarga ( shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V,) 
kiradi. 
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i — kapsiddan iborat 
(capsa- lotincha bo‘lib g‘ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o‘z navbatida ketma ket 
keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-31). Kapsomerlarni 
elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga 
xos xisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta , pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. 
Nuklein kislotasi va kapsomer o‘zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. 
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o‘ralgan 
bo‘lib –superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-31). Superkapsid tarkibida oqsillardan 
tashqari, yog‘ va uglevodlar lipo -, glikoproteinlar ko‘rinishida uchraydi. Ba‘zi viruslarda 
glikoproteinlar supekapsid tarkibida tikanak ko‘rinishida (gripp, pargripp viruslarda) bo‘lishi 
mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo‘lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-
biri bilan qo‘shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko‘p yadroli simplast hujayralari hosil 
bo‘lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba‘zi 
viruslar o‘ta murakkab tuzilishlarga ega bo‘lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan 
o‘ralgan, uning ustidan kapsid o‘rab turadi (virus mag‘izi), kapsid ustida esa virusni yana bir 
ichkiy matriks oqsil qavati (M-qavat) bo‘lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin 
chechak virusi tuzilishi esa prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o‘rab turganda ma‘lum 
simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon, 
kubsimon va aralash. 

Download 37.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling