OITS Zamonaviy dunyoda eng xatarli virus albatta OITS virusidir. Undan juda ko‘p odam zararlanadi; zararlangan odamlarning deyarli hammasi vafot etadi. 1980-yillarda OITS virusi haqidagi dastlabki ilmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 1981-yilda ilk marta OITS tashxisi qo‘yilganidan beri kasallik tarixiga bu tashxis bitilgan 36 milliondan ortiq bemor vafot etdi. Kuchli antivirus preparatlar OITSga chalingan bemorlarga kasallik oqibatlarini biroz yumshatishga yordam berayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda tibbiyotda OITSning davosi hamon topilgani yo‘q. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubidagi qashshoq mamlakatlarida OITSga chalingan odamlar soni aholining 20 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Gripp Gripp virusi har yili mavsumiy epidemiya beradi; unga chalinmagan, gripp nimaligini bilmaydigan odamni topish qiyin. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, har yili dunyo bo‘yicha 500 000 bemor gripp tufayli vafot etadi. Gripp virusining shtammlari juda ko‘p turda bo‘lib, har yili yangi-yangilari paydo bo‘lmoqda va boshqa shtammlarga qarshi foyda bergan vaksinalarga chidamli bo‘lib chiqmoqda. Gripp infeksiyasining eng ayanchli epidemiyasi 1918-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda sayyoramizning 40 foiz aholisi gripp virusining “ispan shtammi” nomli turidan jabr ko‘rgan va umumiy hisobda 50 millionga yaqin bemor vafot etgan.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |