Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati


Download 10.81 Kb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi10.81 Kb.
#1216787
1   2   3   4   5
Bog'liq
Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati-fayllar.org

Oʻzbekistonda virusologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-a. oʻrtalarida boshlangan. D. X. Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K. Tursumetova, M. 3. Isamuhamedov, V. Mirzahmedov va boshqa(lar)ning ishlari gʻalla, gʻoʻza, sabzavot va boshqa(lar) ekinlar viruslarini ajratib olish, virus kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Soʻnggi yillarda viruslarni interferon hosil qilish faolligini oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi shtammlari va oksillarining tuzilishi hamda vazifalarini oʻrganish va virusli kasalliklarning zamonaviy tashxisini ishlab chiqish (A. M. Ivanova) borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oʻsimlik viruslarini oʻrganish sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari

Marburg virusi

Bu virus 1967-yilda aniqlangan. O‘shanda Germaniyadagi kichik laboratoriya xodimlarini qandaydir notanish epidemiya qamrab olgan edi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, virus laboratoriyaga Ugandadan keltirilgan maymunlar orqali kirib kelgan ekan.

Marburg virusi ko‘p jihatdan Ebolaga o‘xshaydi. Unda odam tanasida juda kuchli zo‘riqish va isitma yuzaga keladi. Tana a’zolarining deyarli barchasidan qon keta boshlaydi. Ichki organlar birin-ketin ishdan chiqadi va organizm kuchli shok holatidan o‘limga yuz tutadi.

Marburg laboratoriyasida virus epidemiyasi ilk marta qayd etilganda unga chalinganlarning 25 foizi vafot etgandi. Lekin aynan shu virusning 1998–2000-yillarda Kongoda avj olgan epidemiyasida bemorlarning o‘lim darajasi 80 foizga yetgan. Shunga yaqin dahshatli ko‘rsatkich 2005-yilda Angolada ham qayd etilgan.

Ebola virusi

Ebola virusi hozirgi zamon kishisi uchun nisbatan taniqli viruslardan biridir. Uch-to‘rt yil avval Markaziy Afrika davlatlarida bu virusning juda kuchli epidemiyasi kuzatilgan va OAV orqali jarayon keng yoritilgan edi. O‘shanda Liberiya, Gvineya, Nigeriya, Syerra-Leone, Senegal, Kongo va Malida jami 27 748 odam Ebola infeksiyasiga chalingandi. Ularning 41 foizi vafot etgandi.


Download 10.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling