Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati
Download 10.81 Kb.
|
Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati-fayllar.org
Virusologiya [viruslar va logiya – fan] – viruslar haqidagi fan, biologiyaning bir tarmogʻi. Virusologiya tarixi 1892-y. da rus olimi D. I. Ivanovkiyning tamakida mozaika kasalligini vujudga keltiradigan mikroblarni aniqlashidan boshlanadi. 1893-y. da nemis bakteriologlari F. Leffler va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur) kasalligini, 1901-y. da amerikalikRid va boshqa(lar) sariq isitmani paydo qiladigan mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan oʻtib ketishini aniqlashdi. “Virus” tushunchasi birinchi marta golland M. Beyerink (1898) va nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchraydi.1911-y. da amerikalik F. T. Rous tvuklarda xavfli oʻsma paydo qiluvchi virusni topadi. Bakteriya viruslari (bakteriofaglar) ning topilishi, vaksina virusini toʻqimalar kulturasida undirish, virus zarralarini kumush bilan boʻyash usullarining ishlab Yiqilishi, tamaki mozaikasi virusini kristall holida ajratib olib, uning oqsil tabiatini, virus tarkibiga nuklein kislota kirishining aniqlanishi virusologiyaning rivojlanishida katta rol oʻynadi.20-a oʻrtalarida viruslarning tuzilishi elektron mikroskop yordamida va rentgenstruktura tahlili usuli bilan tekshirla boshlandi. Virusologiya tekshirish obyektiga koʻra qishloq xoʻjaligi, veterinariya va tibbiyot virusologiya siga boʻlinadi. Bu fanning rivojlanishi molekulyar genetika bilan uzviy bogʻliq. 1952-y. virus DNKsi, 1956-y. virus RNKsi, 1955-y. virus zarralarining RNK va oqsildan oʻz-oʻzidan toʻplanishi hodisasi aniqlandi, 1957-y. viruslar interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi.Zamonaviy virusologiya umumiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Umumiy virusologiya viruslarning tuzilishi prinsiplari, koʻpayishi, xoʻjayin-hujayra oʻrtasidagi munosabatlarning kelib chiqishi, viruslarning tabiatda tarkalishini oʻrganadi.Molekulyar virusologiya viruslar nuklein kislotalari tuzilishi va funksiyasini, virus genlarining ekspressiyasi mexanizmlarini, organizmning viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklarga chidamligi tabiati va viruslarning molekulyar evlyutsiyasini oʻrganadi. Maxsus virusologiya odam, hayvon va oʻsimlik viruslari guruhlarini tadqiq qiladi.Download 10.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling