Viruslarning tarqalishi Viruslar va ularning klosufikatsiya
Bakteriyalar - (Bacteriophyta) bo’limi
Download 56.06 Kb.
|
Viruslarning tarqalishi Viruslar va ularning klosufikatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriyalarning morfologik xususiyatlari Mikroorganizmlarning asosiy shakllari
- Bakteriyani tuzilishi
Bakteriyalar - (Bacteriophyta) bo’limi.
Bakteriyalar Yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadimgi va oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan organizmlar hisoblanib, hujayrasida mag`iz rosmana shakllanmaganligi va ko`payishda oddiy bo`linish yo`li bilan borishi xarakterlidir, jinsiy ko`payish uchramaydi. Ularning ko`pchiligida plastidalar bo`lmaydi, shuning uchun ular geterotrof oziqlanadi. Hujayra po`sti ham murein degan moddadan tashkil topgan. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali organizmlar bo`lib, ularning shakli jihatidan 3 guruhga ajraladi, masalan: Sharsimon – koqklar. Tayoqchasimon – batsillalar. Buralgan – vibrionlar, spirillalar. Bakteriyalarning morfologik xususiyatlari Mikroorganizmlarning asosiy shakllari . 1- koqk; 2- diploqoqk; 3- sarsina; 4-streptoqoqk; 5- stafeloqoqk koloniya shakllari; 6- tayoqchasimon bakterii(bir hujayrali va sepochka kletoq); 7- spirilla; 8- vibrion; 9- bakteriyalarni yopiq va ochiq shakli; 10- bakteriyalarni o’sishi va rivojlanishi; 11- bakteriya chereveobraznoy formi; 12- bakteriyani yulduzcha ko’rinishidagi hujayrasi; 13- aktinomitset; 1- miksobakteriyaning mevatanasi; 15- bakteriyalarni butun tana bo’ylab xivchin hosil qilgan turi Caryophanon; 16- sianobakteriyalarda sporlari; 8, 15, 17,18- bakteriya xivchinlarini joylashishi; 19- bakteriya kapsulasi; 20 –Sphaerotilus, 21- bakteriya, obrazuyushaya shipi; 22- Gallionella sp. Koqklar yakka, ko`pincha ikkitadan – diploqoqk, to`rttadan – tetrakoqk, zanjirsimon – streptoqoqklar, uzum boshiga o`xshash – stafilakoqk yoki paketsimon ko`rinishdagi – sartsinalar kabi holatlarda uchraydi. Odatda bakteriyalar tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularga tugunak bakteriyalarni misol qilib kursatish mumkin. Bakteriyani tuzilishi Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari faol harakatlanish xususiyatiga ega. Harakatlanish noziq va ingichka xivchinlar yordamida sodir bo`ladi. Buralgan bakteriyalarga vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar kiradi. Ko`rinishi vergulsimon buralgan bakteriyalar vibrion, buqilishi 2 martta qaytarilgan bo`lsa spirillalar, juda ingichka bo`lib, chekkasining bir necha martta buqilishi bo`lsa spiroxetalar deb ataladi. Bakteriya asosan oddiy bo`linish yo`li bilan ko`payadi, ya’ni sharoit qulay bo`lsa bakteriyalar hujayrasi 20-30 daqiqada bo`linib turadi. Nazariy hisoblash bo`yicha uzunligi 2 mkm eni 1 mkm bo`lgan bakteriya hujayrasi har 30 daqiqada bo`linish natijasida 1 sutkada 636 mln. hujayralar hosil qiladi. Ushbu hujayralarning uzunligi 33 metrgacha yetadi. Sharoit o`zgarmasa ana shu hujayralar 3 kundan so`ng hosil qilgan hujayralari bilan Yer shari ekvatori bo`ylab 14 martta aylantirib chiqishi mumkin. Bakteriyalarning ko`pchiligi suv, ozuqa moddalari yetishmasa va boshqa noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo`lib, bir necha yilgacha o`z hayotini saqlab qoladi. Ular asosan shamol, suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlari, turar joylarda bakteriyalar ko`p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodsiz muhitda yashovchi- aerob va kislorodsiz-anaerob muhitda yashovchi turlari ajratiladi. Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida juda muhim rol o`ynaydi. Ularning foydali va zararli tomonlari bor. Foydali tomonlariga organik moddalarning parchalanishi va chirishi, achish jarayonlari kiradi. Turli achish jarayonlaridan amalda sut mahsulotlarining tayyorlashda, bodring va karamlarni tuzlashda, yem-xashak o`simliklaridan silos bostirishda foydalaniladi. Shuningdek spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratib olishda bakteriyalarning turlaridan foydalaniladi. Avtotrof bakteriyalar organik moddalarni to`plash xususiyatiga ega. Buning uchun ular quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalanadi. Ba’zi turlari tuproqda yashagan holda erkin azotni o`zlashtira oladi. Tugunak bakteriyalar yiliga 200 kg gacha azot to`playdi. Bakteriyalar faoliyati natijasida tabiatda azotning aylanishi amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bakteriyalar ko`pincha biologik faol moddalarni (antibiotiklar, aminoqislotalar, vitaminlar va boshqalarni) tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega. Basillus thuringiensis o`simlik zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanilmoqda. Zararli tomonlariga odamlarda va hayvonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchi parazit bakteriyalarni va saprofit bakteriyalarni ko`rsatish mumkin. Download 56.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling