Viruslarning toza preparatlarni olish usullari


Download 41.45 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi41.45 Kb.
#1253204
1   2   3   4   5
Bog'liq
VIRUSLARNING TOZA PREPARATLARNI OLISH USULLARI

Virus gʻiloflari
Baʼzi viruslarda kapsidlar bilan birga uni tashqaridan oʻrab turuvchi, lipiddan tashkil topgan gʻilof deb ataluvchi membrana ham mavjud.
Ushbu gʻilofga ega viruslar undagi lipidlarni oʻzi sintez qila olmaydi. Buning oʻrniga ular xoʻjayin hujayradan oʻzlariga kerakli lipidni “qarzga oladi”. Gʻilof tarkibidagi virus orqali kodlanuvchi oqsillar koʻpincha virusning xoʻjayin organizmga yopishishiga yordam beradi.
Gʻilofli ikosaedrik viruslarning tuzilishi
Rasm quyidagi manzildan olingan: “Enveloped icosahedral virus,” by Anderson BritoCC BY-SA 3.0. Oʻzgartirilgan rasm CC BY-SA 3.0 litsenziyasiga ega.
Garchi gʻiloflar keng uchrasa-da (xususan, hayvon viruslarida), ular hamma virusda ham boʻlavermaydi (yaʼni bu hamma viruslarga xos universal xususiyat emas).
Virus genomi
Har bir virusning nuklein kislotadan tashkil topgan genetik materiali (genomi) mavjud. Biz va boshqa biz kabi hujayraviy hayot shakllarida DNK asosiy genetik materialdir. Viruslarda esa nuklein kislotalarning ikki turi – DNK yoki RNKdan bittasi genom vazifasini bajarishi mumkin.
Biz koʻpincha DNKni ikki qavatli, RNKni esa bir qavatli deb hisoblaymiz, chunki bizning hujayralarimizda ular shunday tuzilgan. Lekin viruslarda bunday holatning toʻrt xil turi boʻlishi mumkin: qoʻsh zanjirli DNK, qoʻsh zanjirli RNK, bir zanjirli DNK, bir zanjirli RNK. Virus genomi turli xil shakl va oʻlchamlarda boʻlib, ular odatda boshqa tirik organizm genomlaridan koʻra kichikroq boʻladi. 
[Qanchalik kichkina?]
Shuni taʼkidlash kerakki, DNK va RNKli viruslar tirik organizmlarniki bilan bir xil genetik koddan foydalanadi. Agar bunday boʻlmaganda, ular xoʻjayin hujayra ichida umuman koʻpaya olmagan boʻlardi!
Virus bilan zararlanish nima?
Har kunlik hayotimizda virusni yuqtirish deganda gripp yoki suvchechak kabi kasalliklarda yuzaga keladigan yoqimsiz simptomlar toʻplami koʻz oldimizga keladi. Lekin virusni yuqtirib olganimizda tanamizda aslida nima sodir boʻladi?
Mikroskopik jihatdan olib qaralganda virusning yuqishi deganda koʻp virus hujayralarimizdan koʻpayish uchun foydalanayotgani tushuniladi. Virusning hayot sikli deganda virus organizmni tanib, uning ichiga kirishi va oʻzidagi DNK yoki RNKdan foydalanib qaytadan shakllanishi va xoʻjayin organizmdan foydalanib koʻproq virus hosil qilishi bosqichlari tushuniladi.
Odatdagi viruslarda hayot sikli beshta katta bosqichga boʻlinadi: (lekin ushbu bosqichlar turli xil viruslarda har xil amalga oshishi mumkin):
Virus yuqishi bosqichlari, (RNKli virus uchun tasvirlangan)

  1. Xoʻjayin hujayraga yopishish. Virus hujayra yuzasidagi retseptorga birikadi.

  2. Virusning hujayra ichiga kirishi. Virus hujayra ichiga endositoz orqali kiradi. Sitoplazmada kapsid boʻlinib (parchalanib), RNKli genomni ajratadi.

  3. Replikatsiya va gen ekspressiyasi. RNKli genomdan nusxa olinadi va hujayra ribosomalaridan foydalanib virus oqsillari sintezlanadi. Kapsid oqsillarini oʻz ichiga oluvchi virus oqsillari sintezlanadi.

  4. Yigʻilish. Kapsid oqsillar va RNKli genom birgalikda jamlanib, yangi viruslarni hosil qiladi.

  5. Hujayradan tashqariga chiqish. Hujayra qobigʻining yorilishi orqali yangi viruslar hujayrani tark etadi va boshqa hujayralarni zararlaydi.


  1. Download 41.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling