Viruslarning yuqish yo’llarini o’rganish. Viruslarni o‘rganishning asosiy metodlari
Download 72.71 Kb.
|
Viruslarning yuqish yo‘llarini o‘rganish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslarning yuqish yo’llarini o’rganish.
- Virus yuqishini birinchi davrida
- “uzoq trnsport” yoki sistemali virus yuqishi
Viruslarning yuqish yo‘llarini o‘rganish. Reja: Viruslarning yuqish yo’llarini o’rganish. Viruslarni o‘rganishning asosiy metodlari. Sentrifugalash usullari. Hujayra va virusni strukturaviy analiz qilish. Viruslarning yuqish yo’llarini o’rganish. O‘simlik viruslarini transgen o‘simliklarida virus qobig‘i oqsilini ekspressiya qiluvchi (ekspressiruyuщiy belok virusnoy obolochki) transporti ustidagi O. Fartushnayaning tajribalari e’tiborga loyiqdir. Virusning yuqishi bu - virusni harakati va o‘simlik to‘qimalaridagi replikatsiyasidir. Virusning o‘simlik bo‘ylab harakati virus genomi kodlashtiradigan oqsillar va boshqa “faktorlar” yordamida amalga oshadi. Tabiiyki, o‘simliklarni virusga chidamliligi virusni o‘simlik hujayralaridagi transportini chegaralanishi bilan bog‘liqdir. Virus yuqishini birinchi davrida u hujayraga kiradi va unda replikatsiyalanadi va spetsifik oqsillar sintezlanadi. Oqsillard an biri – transport oqsili (Tr.oqs.) plazmodesmalarda qator turib olib ularni (viruslarni) o‘tkazuvchanligini oshiradi. Virus ribonukleoproteidlarini zararlangan hujayralardan sog‘ hujayralar tomoniga barg mezofillari bo‘ylab yo‘nalishi (harakatlanishi) imkoniyatlarini yaratadi. Bu hujayralararo yoki “yaqin transport” deyiladi. Ikkinchi davrida virionlarning yig‘ilishi amalga oshadi va ular “naylar sistemasi” o‘tkazuvchi sistema ( po sosudistoy sisteme) orqali harakatlanadi, floemada sirkulyasiya qiladi va oxiri mezofillga chiqadi. Bu “uzoq trnsport” yoki sistemali virus yuqishi(sistemnaya infeksiya) deyiladi. “Uzoq transport” ning samaradorligini belgilaydigan narsa bu - BO (qobiq oqsili), TB(transport oqsili) va hujayra faktorlarning o‘zaro munosabatlaridir, degan gipoteza o‘rtaga tashlangan edi. Bu gipotezani tasdiqlash uchun quyidagi tajribalar qilindi: Asosiy ob’ekt bo‘lib raps o‘simligi (Brassica napus) olindi. Raps o‘simligi TMV ning U1 shtammi bilan sistemali kasallanmaydigan o‘simlik hisoblanadi. Ammo TMVning butguldoshlarni kasallantiruvchi kr shtammi(TMV kr.) bilan kasallanadi. Floemani virus bilan to‘latish (zagruzki) uchun BO kerak, faraz qilaylik raps o‘simligi to‘qimasiga TMV kr shtammining BO (TMV kr)genini kiritish TMV ning boshqa shtammlarini, shu hisobda U1 shtammni ham o‘simlik bo‘ylab tarqalishiga olib keladi. Bu tadqiqodchilarning laboratoriyasida avvaldan rapsning 3ta transgen liniyalari olingan edi. Bitta liniya TB genini, ikkinchisi BO genini va uchinchisi TB va BO genlariga ega edi. Ulardan o‘z-o‘zini dan changlatiish yo‘li bilan urug‘lar olindi. Bu urug‘lardan yangi o‘simliklar o‘stirildi. Bu o‘simliklar TMV ning U1 va TMV kr shtammlari bilan kasallantirildilar. Keyingi analiz uchun bu o‘simliklardan inokulyasiya qilingan va sistemali (verxnie) barglar ajratib olindi Hozirgi kunda kasallangan o‘simliklarda immunologiya usullari bilan oqsil namunalar bargda virus oqsillarini borligini analiz qilinmoqda. Download 72.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling