Вирусли гепатита в этиологияси, эпидемиологияси. Вирусли гепатита в патогенези


Download 32 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi32 Kb.
#1405742
1   2   3   4
Bog'liq
Вирусли гепатита В этиологияси

Patogenezi. Gepatit B patogenezida bir necha patogenetik zanjir zvenolarini ajratish mumkin.
1. Qo‘zg‘atuvchi kirishi – yuqishi.
2. Gepatotsitlarda fiksatsiyalanib hujayra ichiga kirishi;
3. Virus ko‘payib gepatotsit yuzasiga ajralishi va qonga chiqishi;
4. Qo‘zg‘atuvchi eliminatsiyasiga qaratilgan immunologik reaksiyalar ishga tushishi;
5. Jigardan tashqari a’zo va sistemalar zararlanishi;
6. Immunitet paydo bo‘lishi, qo‘zg‘atuvchidan xalos bo‘lish, tuzalish.
Gepatit B virusning jigarda joylashishi (tropikasi) HBsAg tarkibida molekulyar massasi 31000 dalton (R31) bo‘lgan, albumin bog‘lovchilik aktivlikka ega maxsus retseptor – polipeptid sabablidir. Polialbuminning xuddi shunday o‘xshash joyi odam va shimpanze jigari gepatotsitlari membranasida joylashgan bo‘lib, gepatit B virusini odam va shimpanze jigariga joylashishi shu bilan tushuntiriladi. Gepatotsitlarni zararlanishida jarayon 2 ta: replikativ va integrativ yo‘l bilan rivojlanadi. Birinchi galda o‘tkir va surunkali gepatit kasalligi, ikkinchidan virus tashuvchilik klinikasi rivojlanadi. Replikativ o‘zaro ta’siri natijasi bo‘lib, qoramol antigenining yig‘ma strukturasi hisoblanadi va va uni antigenlarining gepatotsitlar membranasida bo‘lishi
kuzatiladi. Keyinchalik jigarda immunopatologik jarayon boshlanishi kuzatiladi. Bunda gepatotsitlarning zararlanishi, gepatotsit membranasida virus antigenlarini ekskretsiyasi natijasida va virus antigenlarini erkin holda qonga chiqishi natijasida virusning organizmdan chiqib ketmasligiga qaratilgan xujayra va gumoral immun reaksiyalar kelib chiqadi. Bu jarayon virusli infeksiyalarda immun javobni to‘liq bo‘lishi bilan amalga oshiriladi. Qo‘zg‘atuvchining eliminatsiyasi uchun bevosita turli xil xujayra effektorlari bilan bog‘liq bo‘lgan sitotoksik hujayraviy reaksiyalar kiradi: K-hujayralar, T-hujayralar, tabiiy killerlar, makrofaglar. Bu reaksiyalar mobaynida zararlangan gepatotsitlarning buzilishi kuzatiladi, bu virus antigenlarini (HVcAg, HVeAg, HVsAg), chiqishi bilan, ya’ni qonda spetsifik antitanachalarning to‘planishi bilan, avvalam bor anti-Nbs va e – antigeniga, anti-Nbe, antitelogenez tizimiga kirishi bilan kuzatiladi. Keyingi jigar hujayralarining virusdan xoli bo‘lishi hujayra sitolizi reaksiyasi hisobiga o‘lishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bir vaqtni o‘zida qonda antigen virusi bilan bog‘lanuvchi, immun komplekslar hosil qiluvchi antitelalar to‘planadi, ya’ni makrofaglar tomonidan fagotsitozga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi. Buning natijasida har xil glomerulonefrit, arteriit, artralgiya, teri toshmalari ko‘rinishidagi immunokompleksli zararlanishlar kuzatiladi. Bu jarayonlar mobaynida ko‘p bemorlarda organizmning qo‘zg‘atuvchidan tozalanishi kuzatiladi va to‘liq tuzalishi yuz beradi. Gepatit B ning yuqorida ko‘rsatilgan konsepsiyasi bo‘yicha, kasallik kechishida har xil klinik variantlarning bo‘lishi qo‘zg‘atuvchining o‘zaro ta’siri bilan va immunokompetent hujayralarning kooperatsiyasi bilan tushuntiriladi, aks holda genetik deteminirlangan immun javobning kuchi va HLA-sinfiga kiruvchi gista mos keluvchi antigen bilan bog‘lanishi tushuntiriladi. Bu ma’lumotlarga qarab shuni aytish mumkinki, virus antigeniga adekvat immun javob bo‘lganda siklik kechuvchi o‘tkir gepatitning klinikasi rivojlanadi va to‘liq tuzalishi bilan kechadi, bu albatta bevosita sitoliz yaqqol bo‘lganda virus antigeniga nisbatan immun javobning pasayishi fonida kechadi. Shuning uchun virusning persistensiyasi surunkali gepatit belgilarining rivojlanishiga olib keladi va teskari, determinirlangan immun jarayon kuchli bo‘lsa va massiv zararlanish kuzatilsa (gematransfuziya) jigar hujayralarining ko‘p miqdorda zararlanishi kuzatiladi, bu klinik jihatdan kasallikning og‘ir va yomon sifatli shakliga xos bo‘ladi. Toksikoz va jigar komasining rivojlanish mexanizmi virusli gepatitlarda turli xil. Giperimmun (immunokompleksli), parchalanuvchi (endogen) va metabolik (ekzogen) komalar farqlanadi. Giperimmun koma kasallik yashin tezligida kechganda rivojlanadi, qachonki, toksikoz va komatoz holatlar kasallikning 3-4 kunida, kam hollarda sariq paydo bo‘lganicha rivojlanadi. Bunday komaning rivojlanishi mexanizmi asosida virus antigenlarining maxsus antitanachalar bilan o‘ta kuchli o‘zaro ta’siri ahamiyatga ega, shuningdek uning o‘ta sezuvchanligi ham ahamiyatga ega. Bu reaksiya davomida Ig M – tutuvchi immun komplekslar birdaniga hosil bo‘ladi, lipidlarning oksidlanish jarayoni ishga tushadi, giperkoagulyasiya DVS-sindromi bilan kechadigan gemostaz tizimiga, miya shishiga va miya moddasining bo‘kishiga ta’sir qiluvchi biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi. Parchalanuvchi yoki endogen koma jigarning o‘tkir massiv nekrozi davrida jigarning tezda qisqarishidan, asosan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallikning 5-9 kuni rivojlanadi. Bunday komaning rivojlanish mexanizmi asosida eriyotgan jigar
parenximasida bevosita ajralib chiquvchi toksik moddalar alohida o‘rin tutadi. Bu mexanizmlar surunkali faol gepatitli bemorlarda, asosan jigar sirrozida toksikoz va jigar komasi bilan kechadi. Bunday holatlarda qonda toksik metabolitlarni to‘planishi hisobiga jigar moddalar almashinuvidan asta-sekin chetlashadi (metabolik, ekzogan koma), ya’ni bular moddalar almashinuvi natijasida ichakka tushadi.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling