Вирусли гепатита в этиологияси, эпидемиологияси. Вирусли гепатита в патогенези


Download 32 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi32 Kb.
#1405742
1   2   3   4
Bog'liq
Вирусли гепатита В этиологияси

Boshlang‘ich (sariq oldi) davri. Kasallik ko‘pincha sekin-asta boshlanadi. Tana haroratining ko‘tarilishi kasallikning birinchi kuni kuzatilmaydi. Bu belgi doimo kuzatilmaydi. Holsizlik, bo‘shashish, tez charchash, ishtaha pasayishi kabi simptomlar xarakterli. Ba’zida bu simptomlar sust rivojlangan bo‘ladi va kasallik siydikning to‘qlashishi va axlatni oqarishi bilan boshlanadi. Kam hollarda boshlang‘ich simptomlar yaqqol bilingan bo‘ladi: ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi, uyquchanlik. Tez-tez dispeptik o‘zgarishlar kuzatiladi: ishtahaning anoreksiya darajasigacha kamayishi, ovqatdan bosh tortish, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qabziyat yoki ich ketishi, katta yoshdagi bolalar qorindagi to‘mtoq og‘riqqa shikoyat qiladilar. Ob’ektiv ko‘ruvda bu davrda umumiy asteniya, anoreksiya, jigarning kattalashishi, qattiqlashishi va og‘rig‘i, shuningdek siydikning to‘qlashuvi va axlatning oqarishi doimiy simptom bo‘lib hisoblanadi. Ba’zan sariq oldi davrida terida toshmalar, meteorizm, ichning buzilishi kuzatiladi. Boshlang‘ich davrda birmuncha ob’ektiv simptom bo‘lib, jigarning kattalashishi, qattiqlashishi va jigarning og‘rishi hisoblanadi. Kasallikning 2-3 kunidan boshlab jigar o‘lchamlari kattalashadi, birmuncha ertaroq palpatsiya qilganda o‘ng qovurg‘a ravog‘i ostida og‘riq bo‘ladi, ba’zida og‘riq jigarning kattalashuvi bilan kechadi. Boshlang‘ich davrda gepatit B uchun periferik qonda o‘zgarishlar xos emas. Faqat qisman leykotsitoz, limfotsitozga moyillikni aniqlash mumkin, ECHT doim me’yorida bo‘ladi. Hamma bemorlarda sariqlik davrida qon zardobida AlAT, AsAT va boshqa gepatotsellyulyar fermentlar faolligi yuqoriligi aniqlanadi; bu davr oxirida qonda kon’yugirlangan bilirubin miqdori oshadi, lekin sinamalar ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi va disproteinemiya ham kuzatilmaydi. HbsAg, HbeAg, anti-HBc Ig M va virus DNK si ko‘proq aniqlanadi.

  • Sariqlik davri (kasallikni avj olishi). Bemorlar sarg‘ayishdan 1-2 kun oldin hamma bemorlarda siydikning to‘qlashuvi va axlatning oqarishi kuzatiladi. Gepatit A dan farqli gepatit B da kasallikning 3-sariqlik davriga o‘tishda ko‘p holatlarda bemorning ahvoli yaxshilanishi bilan kechmaydi yoki aksincha, ko‘p bolalarda zaharlanish belgilari kuchayadi. Sariqlik asta-sekin 5-7 kun davomida, ba’zida 2 haftagacha va uzoqroq davom etadi. Sariqlik

  • darajasi

  • ifodalanishiga qarab, kuchsiz sariqlik, kuchsiz limon rangidan to kuchli sariq ranggacha, shafran rangigacha ajratiladi. Sariqlikning ifodalanishi va uning farqi kasallikning og‘irligiga va xolestaz sindromining rivojlanishiga bog‘liq. Gepatit B da sariqlik eng yuqori cho‘qqisiga etganda 5-10 kunda saqlanib turadi, keyinchalik esa kamayib boradi. Og‘ir shaklida kasallik avj olganda gemorragik sindrom belgilari kuzatilishi

    Rasm №4 Gеpаtit kаsаlligida Palmar eritema

  • mumkin; teriga nuqtasimon yoki yaqqol qon quyilishlar kuzatiladi. Gepatit B da sariqlik ortishi bilan birgalikda jigar kattalashadi, chetlari qattiqlashadi, paypaslaganda og‘riq seziladi. Gepatit B da yurak qon-tomir tomonidan o‘zgarishlardan bradikardiya, vagus tipidagi nafas aritmiyasi, arterial bosim pasayishi, birinchi tonning o‘zgarishi yoki cho‘qqida engil sistolik shovqin, o‘pka arteriyasida 2 ton aksenti, ba’zida qisqa vaqtli ekstrasistoliya xos. Nerv tizimidagi o‘zgarishlar qanchalik sezilarli va aniq bo‘lsa, jigarning zararlanishi shuncha kuchli kechadi. Kasallik boshida bemor bolalarning o‘zgaruvchanligini ifodalovchi faollikning susayishi, holsizlik, adinamiya, uyquning buzilishi va boshqa ko‘rinishlar bilan kechuvchi MNS ning zararlanganligini aniqlash mumkin. Og‘ir holatlarda jigarda yaqqol distrofik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan serebral buzilishlar kuzatiladi. Kasallik cho‘qqisida retikulotsitlar miqdori oshgan bo‘ladi. Kam hollarda birmuncha og‘ir o‘zgarishlar suyak ko‘migida kuzatiladi. Gepatit B da sariqlik davrida leykotsitlar miqdori normada yoki pasaygan bo‘ladi. Toksikoz cho‘qqisida qon formulasida neytrofilezga moyillik kuzatiladi; tuzalish davrida esa limfotsitozga, 1/3 bemorlarda monotsitoz kuzatiladi. Og‘ir holatlarda ko‘pincha tayoqcha yadroli leykotsitoz chapga siljigan, bunda ECHT doim kamayadi. Kasallikning engil shaklida ECHT me’yorida bo‘ladi. ECHT ning past ko‘rsatkichlari (1-2 mm/soat) gepatit B ning og‘ir shaklida intoksikatsiya yuqori bo‘lganida yomon oqibatli belgi hisoblanadi. Kasallik cho‘qqisida qon zardobida umumiy bilirubin bog‘langan fraksiyasi hisobiga cho‘qqiga etadi. Bu gepatotsitlar tomonidan ekskretsiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilirubin kon’yugatsiyasi va o‘zlashtirish mexanizmi faqat og‘ir shaklida va jigarning massiv nekrozida buziladi. Bu

  • holatlarda qon zardobida bog‘langan bilirubin emas, balki bog‘lanmagan bilirubin ham oshadi. Jigar hujayra fermentlari sariqlik davrida oshishi hamma bemorlarda kuzatiladi. AlAT, AsAT ning maksimal faol darajasi sariqlikning avj olish davrida kuzatiladi, keyin asta-sekin 6-8 haftasiga kelib faolligi pasayib, to‘liq normallashadi, lekin hamma bemorlarda emas. Ko‘pchilik bemorlarda qon zardobida albumin sintezining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy oqsil miqdorining pasayishi kuzatiladi, qator hollarda a -1, a -2 globulinlar miqdori oshadi va ko‘pchilikda g-globulinlar miqdori oshadi, lekin yaqqol disproteinemiya kasallik cho‘qqisida, og‘ir va yomon sifatli shaklida ham kuzatiladi. Timol sinamasi normada yoki qisman oshgan bo‘ladi. Sulema sinamasi og‘ir, ayniqsa, yomon sifatli shaklida va jigar sirrozida pasayishga moyil bo‘ladi. b -lipoproteidlar ko‘rsatkichlari kasallikning o‘tkir davrida 2-3 va undan ortiq oshadi; tuzalishda va boshqa bioximik testlar normallashganda b –lipoproteidlar me’yoriga qaytadi. Jigar massiv nekrozi rivojlanganda b -lipoproteidlarning pasayishi yomon oqibatli belgilar qatoriga kiradi. Gepatit B da kasallik avjida PTI, fibrinogen, prokonvertin miqdori kamayadi, jigarning submassiv va massiv nekrozi bilan kechuvchi og‘ir shakllarida kuzatiladi. PTI ning tushishi doimo yomon oqibat haqida xabar beradi. Sariqlik davrida qonda HBsAg, HBeAg, anti-HBc Ig M aniqlanadi va qisman bemorlarda Ig G sinfidagi sigir antigeniga antitanachalar va anti – HBe hosil bo‘ladi.

  • aniqlanadi.

    Download 32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling