Visual c++ muhitida dasturlash


Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana24.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1292691
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
9мавзу

Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish. Windows ilovalarni 
yaratishga kirishdan oldin muhitni o‘rnatish va uning imkoniyatlariga to‘xtalib 
o‘tamiz. Visual Studio standart o‘rnatish assida C++ tilini rivojlantirish uchun zarur 
elementlarni 
qo‘shish/o‘chirish 
imkonini 
beradi. 
Masalan, 
an’anaviy 
C++dasturlarini ishlab chiqish, C++da mobil ilovalarni ishlab chiqish, C++da Linux 
muhiti uchun vositalarni ishlab chiqish, C++tilida o‘yin ishlab chiqish va boshqa 
yana bir qator imkoniyatlarni beradi. 
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo, MS Visual Studio 
ni o‘rnatish kerak. Kompyuterning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
mos versiya tanlanadi. Mazkur versiyani o‘rnatish, internet manbalari juda kshp 
uchraydi. Odatda oddiy muhitlar kabi o‘rnatiladi.
MS Visual Studio ning hamma versiyalarida Windows ilovalarni turlicha 
yaratish mumkin. Ammo eng qulay va umumiy foydalanuvchi uchun mos bo‘lgan 
interfeysni o‘rnatish uchun har xil versiyalarga har xil sozlashlarni bajarish kerak. 
Masalan, MS Visual Studio 2012 da Windows ilovalarni yaratish uchun, Windows 
oynasi tayyor komponentani o‘rnatish uchun, 9.1-rasmda keltirilgan fayllarni 
VCvcprojectsvcNET/ VC++ papkasiga nusxalash lozim.
9.1-rasm. Windows ilovalarni yaratish uchun zaruriy fayllar 
Shundan so‘ng, MS Visual Studio ni ishga tushiring, 9.2-rasmdagidek, 
integrallashgan muhit oynasi hosil bo‘ladi.


13 
9.2-rasm. Integrallashgan muhit oynasi. 
Muhit oynasi 5 qismdan iborat. Ular quyidagilar: 
1. Sarlavha satri. Bunda tizimli menyu (chap tomondagi tizim belgisi), tizim va 
joriy proekt nomi, tizimli tugmachalar (yig‘ishtirish, oyna o‘lchamini o‘zgartirish, 
oynani yopish) 
2. Muhitning menyusi. 
3. Muhitning uskunalar paleni (foydalanuvchi tomonidan kerakli uskunalar bilan 
to‘ldirilishi mumkin). 
4. Muhitning ishchi maydoni (Foydalanuvchining joriy proekt uchun zarur 
komponentalar va ularni boshqarish, kuzatish imkoniyatlari mavjud) 
5. Muhitning holat satri. 
Yangi proekt yaratilishi bilan proektga mos kerakli va joriy qilingan 
komponentalar faollashadi. Windows ilovalarni yaratish uchun bir nechta varinatlar 
mavjud. Ularning eng ko‘p tarqalgan varianti menyudan foydalanib yaratishdir.
Windows ilovalarni yaratish uchun [File → New → Project] ketma ketligi yoki 
[Ctrl+Shift+N] tugmachalar majmuasini bosish yetarli. Ekranga [new Project] nomli 
muloqot oynasi hosil bo‘ladi (9.3-rasmga qarang).
Birinchi marta MS Visual Studio ishga tushirganda asosiy tilni tanlashni 
so‘raydi. Agar S++ tilini tanlagan bo‘lsangiz, avtomatik shu tilda yaratilishi mumkin 
bo‘lgan loyihalar ro‘yxati hosil bo‘ladi. Agar oldin boshqa tilni tanlagan bo‘lsangiz, 
[Other Languages] bandidan Visual C++ tilini tanlashingiz lozim. Visual C++ til 
asosida yaratish mumkin bo‘lgan konseptual loyihalar ro‘yxati chiqadi va bularning 
o‘zi bir nechta loyihalarga bo‘lnadi (9.3-rasmning chap tomonida qarang).
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish uchun avvalo [CLR] loyiha 
menedjeri tanlanadi. CLR - Common Language Runtime - bir necha qo‘llab-
quvvatlanadigan tillarda har qanday yozilgan dasturlar ijrosini boshqaradi dasturlash 
bo‘lib, ularni tillari har qanday yozilgan umumiy ob’ektga yo‘naltirilgan sinflarga 
almashish imkonini beruvchi loyiha menedjeridir.


14 
9.3-rasm. Yangi loyiha yaratish oynasi. 
[CLR] loyiha menedjeri bir nechta loyihalar yaratish imkonini beradi: 
1. Class Library – boshqa proektlarga foydalanish uchun CLR sinflarni yaratish 
imkonini beradi. 
2. CLR Console Application – CLR asosida konsol loyiha yaratish uchun 
ishlatiladi. 
3. CLR Empty Project - yangi hech nima yozilmagan loyixalar asosida lokal 
loyihalarni yaratish uchun ishlatiladi. 
4. Windows Forms application – Windows oynali loyihalarni yaratish imkonini 
beradi. 
5. Windows Forms Control Library - Windows ilovalarni boshqarish uchun 
foydalaniladigan kutubxonalarni yaratish imkonini beradi. 
Har bir loyihani o‘z o‘rnida yaratish foydalanish muzimdir va har birini 
tanlaganingizda ularning izohi oynaning o‘ng tomonida chiqadi. 
[CLR] loyiha menedjeridan foydalanib loyiha yaratishda .NET Framework 
ning varianti ham muhim rol o‘ynadi. Shuning uchun .NET Framework larning 
imkoniyatlari bilan oldindan yaxshilab tanishib chiqish lozim. Har bir .NET 
Framework ning o‘zining imkoniyatlari bor va shuningdek Visual C++ da Windows 
ilovalarni yaratish uchun .NET Framework 4.5 yoki 4.5.2 variantlaridan 
foydalanishni tavsiya qilamiz. .NET Framework ni tanlash loyiha turini tanlash 
oynasining ustida joylashgan.
Loyiha yaratish oynasinig pastki qismida loyixa nomi, joylashgan joyini, 
loyihaning ishchi papkasining nomi ko‘rsatiladi.
Kerakli amallarni bajargandan so‘ng [ok] tugmasini bossangiz, bir nechta 
avtomatik sozlashdan so‘ng loyihaning ilk ko‘rinishi hosil bo‘ladi (9.4-rasmga 
qarang). 


15 
9.4-rasm. Oynali loyihaning dastlabki ko‘rinishi. 
Oldin aytib o‘tilgandek, muhitning ishchi oynasini o‘zgardi. Uni odatda 
foydalanuvchi o‘zining xoxshi bo‘yicha joylashtirishi mumkin.
Eng aosiy elementlardan biri bu – Solition Explorer bo‘lib hisoblanadi. Bu 
loyiha papkasini boshqarish uchun qulay qilib yaratilgan. Bitta Ishchi papkada bir 
nechta loyiha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, u yerdan loyiha nomini tanlash 
kerak bo‘ladi va loyiha uchunn kerak bo‘limlar ro‘yxati chiqadi: 
1. External Dependencis – tashqi, tizimli kerakli kutubxona, sinflar joylashadi. 
2. Header Files – kutubxonalar fayllar. 
3. Resource Files – loyixa resurs fayllari. 
4. Source Files – dastur manba kodlari yozilgan fayllar. 
5. ReadMe – matnli fayl bo‘lib, unda loyiha uchun izohlarni yozib qolirishingiz 
mumkin.
Standart loyiha yaratilganda yaratidgan joriy fayllarni o‘zgartirmang, bo‘lmasa 
loyiha ishlamasligi mumkin. 
Odatda juda ko‘p foydalanuvchilar loyihalarda vizual ishlashni yoqtiradilar, 
buning uchun kutubxona fayllari majmausidan *.h kengaytmali foyllardan 
foydalaniladi. Uni bosganda loyihaning kerakli oynasi vizual ko‘rinishda hosil 
bo‘ladi.
Solition Explorer dan kerakli faylni tanlab, ustiga sichqonchani bossangiz shu 
faylni tahrirlash imkoniyati hosil bo‘ladi. Agar oldindan nomlar fazosi, sinflar, 
shablonlar bilan ishlagan bo‘lsangiz, ularning ham algoritmlari va funksiyalari bilan 
tanishish mumkin. Buning uchun kerakli chekni bosish kerak bo‘ladi.
Solition Explorer dan kerakli ob’ekt (fayl) ni tanlaganigizda uning xususiyatlari 
(properties )va funksiyalari (events) larni sozlash mumkin. Buning uchun 
dasturchiga properties oynasi yordam beradi. Ob’ektga mos holda ishlaydi. 


16 
Ishchi maydonning chap tomonida Solition Explorer dan tanlangan ob’ekt uchun 
qurish, integrallashtirish mumkin bo‘lgan uskunalar, metodlar va boshqa zaruriy 
xarakterga ega elementlar hosil bo‘ladi. 
Ishchi maydonning aosiy markazida loyihani tahrirlash ishlari bajariladi va 
uning pastki qismida xatolar, xabarlar, ogohlantirishlar va boshqa dasturchi uchun 
kerakli barcha yordamchi oynalarni joylashtirish mumkin. Shuning bilingki, ishchi 
oynani dasturchi o‘ziga moslab tayyorlab shablon ko‘rinishida qilib olishi mumkin. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling