Visual c++ muhitida dasturlash
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
9мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Text - String tipini qabul qiladi va matni xabar sifatida chiqaradi Caption
Changed
guruhi Formaning xususiyatlari o‘zgarganda bajariladigan 12 hodisasi bor AutoSizeChanged Avtomatik o‘lcham o‘zgarganda AutoValidateChanged Avtomatik tekshirib bo‘lganda 26 BackColorChanged Fon rangi o‘zgarganda EnabledChanged Holat o‘zgarganda Hodisalarni o‘rnatish juda qulay hisoblanadi. Kerakli hodisaning o‘ng tomoniga sichqonchani ikki marta bossangiz, hodicha mos bo‘lgan dastur franmentini yozish uchun funksiya yaratib beradi. Bir misol bilan ko‘rib chiqamiz. Buning uchun MessageBox sinfining show funksiyasidan foydalanamiz. Bu funksiya statik funksiya bo‘lib, System::Windows::Forms nomlar fazosiga tegishli , 21 variantda yozilishi mumkin. U natija sifatida DialogResult tipini qaytaradi. Uning argumentlari: Text - String tipini qabul qiladi va matni xabar sifatida chiqaradi Caption - String tipini qabul qiladi va xabar sarlavhasini chiqaradi Buttons - MessageBoxButtons tipini qabul qiladi va xabarni qabul qilish tugmalarini chiqaradi, AbortRetryIgnore, OK, OKCancel, RetryCancel, YesNo, YesNoCancel qiymatlarni qabul qiladi. Icon - MessageBoxIcon tipini qabul qiladi va xabarni ikonkasini chiqaradi, Asterisk, Error, Exclamation, Hand, Information, None, Question qiymatlarni qabul qiladi defaultButton - MessageBoxDefaultButton tipini qabul qiladi va xabarni tugmalarini belgilaydi, Button1, Button2, Button3 qiymatlari qabul qiladi. Options - MessageBoxOptions tipini qabul qiladi va xabarni chiqish varintlarini aniqlaydi, DefaultDesktopOnly, RightAlign, RtlReading, ServiceNotification qiymatlari qabul qiladi. Bu funksiyaning boshqa argumentlari ham bor, ularni keyinchalik o‘rganish mumkin. MessageBox sinfining show funksiyasidan foydalanish: MessageBox ::Show( "Xabar" , "Sar…" , MessageBoxButtons :: OK , MessageBoxIcon :: Information ); Forma hodisalaridan foydalanish uchun 3 tasini ko‘richb chiqamiz: 1. Click hodisasini ishlatish uchun, uning o‘ng tomoniga sichqonchani bosamiz. Forma sinifida tayyor Form1_Click() nomli funksiya yaratiladi. Bu funksiyani ichida quyidagicha fragmentni yozamiz: MessageBox ::Show( "Click bo`ldi" , "Xabar" , MessageBoxButtons :: OK , MessageBoxIcon :: Information ); Shuningdek formaning InitializeComponent() funksiyasini ichida avtomatik tarzda this ->Click += gcnew System:: EventHandler ( this , & Form1 ::Form1_Click); hodisa qo‘shib qo‘yilgan. Agar bu hodisani to‘liq o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, Click hodisasining o‘ng tomoniga yozilgan Form1_Click() ni o‘chirib, enter tugmasini bosish yetarli o‘zi avtomatik InitializeComponent() funksiyasini ichidagi hodisani o‘chiradi. Dasturning qismidan funksiyani o‘chirish mumkin. Quyidagi ikki hodisani ishlatish uchun bir masala olamiz. Yordam tugmasi bosilganda, yordam tugmasi bosildi deb xabar chiqsin. Foydalanuvchi ha deb javob bersa, oynaga qaytadi. Agar yo‘q deb bossa, yolg‘onchimi siz deb chiqadi va foydalanuvchi, faqat ha javobni tanlaydi. Javob tanlaganda oynaning sarlavhasi yolg‘onchi deb o‘zgarsin. Oyna holat hodisalari orqali bu tekshirib, yana oyna sarlavhasi o‘zgardi degan habarni chiqarsin. 27 2. HelpButtonClicked hodisasini ishlatish uchun, uning o‘ng tomoniga sichqonchani bosamiz. Forma sinifida tayyor Form1_HelpButtonClicked () nomli funksiya yaratiladi. Bu funksiyani ichida quyidagicha fragmentni yozamiz: System::Windows::Forms:: DialogResult result; result = MessageBox ::Show( "HelpBuutonClicked" , "Xabar" , MessageBoxButtons :: YesNo , MessageBoxIcon :: H and , MessageBoxDefaultButton :: Button1 ); if (result == System::Windows::Forms:: DialogResult :: No ) { MessageBox ::Show( "Yolg`nchimi siz !" , "Xabar" , MessageBoxButtons :: OK , MessageBoxIcon :: Warning ); Form1 ::Text = "Yolg`nchi" ; } } Shuningdek formaning InitializeComponent() funksiyasini ichida avtomatik tarzda this ->HelpButtonClicked += gcnew System::ComponentModel:: CancelEventHandler ( this , & Form1 ::Form1_HelpButtonClicked); hodisa qo‘shib qo‘yilgan. 3. TextChanged hodisasini ishlatish uchun, uning o‘ng tomoniga sichqonchani bosamiz. Forma sinifida tayyor Form1_TextChanged() nomli funksiya yaratiladi. Bu funksiyani ichida quyidagicha fragmentni yozamiz: MessageBox ::Show( "Forma sarlavhasi o`zgardi" , "Xabar" , MessageBoxButtons :: OK , MessageBoxIcon :: Information , MessageBoxDefaultButton :: Button3 , MessageBoxOptions :: RightAl ign ); Shuningdek formaning InitializeComponent() funksiyasini ichida avtomatik tarzda this ->TextChanged += gcnew System:: EventHandler ( this , & Form1 ::Form1_TextChanged); hodisa qo‘shib qo‘yilgan. Bu hodisalarni ishlatib ko‘rsangiz, ancha narsalarni farqiga borishingiz kerak. Matnda bir joyda forma, bir joyda oyna, bir joyda form deb ishlatilgan bo‘lsa, ularning hammasi bir ma’noni beradi. Shu bilan formaning xususiyatlari va hodisalari bilan tanishib chiqdingiz va uni o‘rganishni davom etish kerak. Chunki, keyingi barcha ishlaringiz shu kabi formalar bilan bog‘liq. Keyinchalik formaning ma’lum bir xususiyati va hodisalari bilan ishlaganda. Albatta uni ta’kidlab aytib o‘tib ketamiz. NAZARIY BILIMLARNI TEKShIRISh UChUN SAVOLLAR. 1. Integrallashgan ishlab chiqarish muhitlarining qayday turlarini bilasiz? 2. Qachondan boshlab integrallashgan muhitlar jadal rivojlangan? 3. Turbo muhitlarni sanab bering. 4. Ob’ektga yo‘naltirilgan tilni birinchi bo‘lib integrallashgan muhitlarga kim va qaysi firma joriy qilgan. 5. Qanday muhitda zamonaviy matn muharrirlari kodi avtomatik bajarilishini ta’minlash (kodi tugatish), muharriri muhitda joriy yozilgan kodi sintaktik to‘g‘ri va uning davomi bo‘lishi mumkin. 6. Taniqli NetBeans integrallashgan muhitni dastlab Java dasturlash uchun qaysi universitet talabasi loyihasi sifatida yaratgan. 7. Vizual Studio 97 haqida nimalarni bilasiz? 8. Visual Studio 2012 haqida nimalarni bilasiz? 28 9. ISO xalqaro standartlari bilan standartlashtirilgan va bir necha implementations ega bo‘lgan ob’ektga yo‘naltirilgan ko‘p tilli dasturlash platformani ayting? 10. MS Visual Studio muhit oynasi nechta qismdan iborat? 11. Windows ilovalarni yaratish uchun qaysi tugmachalar majmuasini bosish yetarli. 12. Qaysi vosita bir necha qo‘llab-quvvatlanadigan tillarda har qanday yozilgan dasturlar ijrosini boshqaradi. 13. CLR Empty Project qanday loyiha yaratish uchun kerak. 14. Windows Forms Control Library qanday loyiha yaratish uchun kerak. 15. Loyihaning External Dependencis papkasida qanday fayllar saqlanadi. 16. [FILE] menyusining vazifalarini sanab bering. 17. [TOOLS] menyusining vazifalarini sanab bering. 18. Menyular va uskunalar paneli foydalanuvchilar qanday papka buyruqlarga kirish uchun bir yo‘ldir. 19. Bir buyruq yaratishda, buning uchun bir avval nima yaratish kerak. 20. Yangi menyular va uskunalar majmuasi aniqlash uchun, Visual Studioda qanday jadval fayl orqali ularni tasvirlash kerak. 21. Qatorlarga izoh qo‘yish tugmasini ayting. 22. Satrga izoh qo‘shish tugmasini ayting. 23. Tegishli funksiya variantlarini chaqirish tugmasini ayting. 24. [Ctrl+Shift +.] tugmachalar majmuasi qanday amal bajaradi. 25. [Ctrl+Shift+Tab] tugmachalar majmuasi qanday amal bajaradi. 26. Oyna uchun yangi form1 sinfi yaratiladi. Bu sinf qaysi sinfining merosxo‘ri hisoblanadi 27. Kontekst menyu oqali formaning qanday funksiyalarini bajarish mumkin. 28. Formaning rejimlarini o‘rnatish qaerda joylashgan. 29. Ichki va tashqi ma’lumotlar bilan ishlash hodisalari qaerda joylashgan. 30. MessageBox sinfining nechta argumentlari bor, va har biriga izoh bering. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling