Visual c++ muhitida dasturlash
Muhitda menyular va uskunalar paneli
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
9мавзу
Muhitda menyular va uskunalar paneli. MS Visual Studio muhitining
oynasi boshqa dasturlarning menyulari kabi joylashgan bo‘lib, 13 tadan iborat. Uskunalar paleni dasturchining xoxishi bilan almashib turishi mumkin. Shuning uchun faqat menyularning vazifasi va buyruqlari to‘xtalamiz. Odatda menyuga sichqoncha bilan murojaat qilinadi. Agar sichqoncha ishlamay qolsa, [Alt] tugmasini bosganda, menyu nomlariga tagiga chiqilgan harf paydo bo‘ladi. [Alt] tugmasini shu harf bilan bossangiz menyuga murojaat qilasiz. [FILE] – muhitda loyiha ustida global hodisalarni bajarish uchun mo‘ljallangan asosiy menyulardan hisoblanadi. Unda quyidagi asosiy buyruqlar bor: yangi loyiha yaratish, loyihani ochish, loyiha biror bir yangi loyiha qo‘shish, faylni yopish, loyihani yopish, loyiha faylini va loyihani to‘liq saqlash, boshqa loyihalarni improt qilish, oldin ishlatilgan loyiha fayllari, muhitdan chiqish. [EDIT] - muhitda tahrirlash ishalarini bajarishga mo‘ljallangan. [VIEW] – muhitni ko‘rnishi, uskunalarni joylashtirish, keraklisiga murojaat qilishga mo‘ljallangan. [PROJECT] – loyiha uchun elementlarni qo‘shish, boshqarish, sozlamalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. [BUILD] – loyihani qurish, qayta qurish, tozalash, paramertlarini sozlash va boshqa ishlarga mo‘ljallangan. [DEBUG] – loyihani tekshirish, qadamba- qadam tekshirish, ishlatish, ishlashini tekshirish kabi amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan. [TEAM] – serverlarga ulanish uchun mo‘ljallangan [SQL] – ma’lumotlar bazasini boshqarishning lingvistik ta’minoti bilan ishlashga qaratilgan. [FORMAT] – muhitda turli formatlash ishlarini bajarishga mo‘ljallangan buyruqlari bor. [TOOLS] – muhitda turli sozlamalarni amalga oshirish uchun qaratilgan menyu. [TEST] – loyiha testlar va hisobotlarni olish uchun buyruqlar majmuasi joylashgan menyu. [ANALYZE] – loiyhaning elementlarining o‘zaro integrallashgan holatda ishlashini tahlil qilish buyruqlari [WINDOW] – muhitda oynalarni joylashtirish, boshqarish buyruqlari [HELP] – muhit bo‘yicha yordam, turli rasmiy yordam muhitlaarga chiqish imkoniyatlarini beradigan buyruqlar joylashgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling