Visual c++ muhitida dasturlash


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana24.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1292691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
9мавзу



9- mavzu. VISUAL C++ MUHITIDA DASTURLASH
Ushbu mavzuda Integrallashgan ishlab chiqarish muhiti, ularni yaratilish 
tarixi, rivojlanish bosqichlari, Yagona tilli va ko‘p tilli integrallashgan muhitlar
Visual Studio variantlari va imkoniyatlari, .NET frameworkning imkoniyatlari,
Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, 
Form xususiyatlari va hodisalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy 
namunalar keltirilgan bo‘lib, nazariy bilimlarni asoslash uchun dasturlar tuzib 
ko‘rsatilgan. Bilimlarni mustahkamlash uchun 30 ta nazariy savol va amaliy 
ko‘nikma va malakalarni rivojlantrish uchun 10 ta assisment topshirig‘i berilgan. Bu 
topshiriqlarni bajarish mavzuni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar. IDE, Visual C++, user interface, OYD, .NET, (plug-ins, add-
ins, add- ons, abstrakt Windows Toolkit (AWT), MSDN, Visual Studio Interdev-
ASP (Active Server Pages), GUI, ilova, loyiha, Windows Forms application, .NET 
Framework, Buyruqlar va asboblar paneli, Form xususiyatlari, hodisalari,
MessageBox. 
Bilish shart bo‘lgan tushunchalar. Tip tushunchasi, sinf va sinf ob’ekti, 
funksiya va ko‘rsatkich, kutubxona yaratish va dasturlashga oid dastlabki 
tushunchalar hamda C++ tilini qo‘llab quvvatlovchi muhitda ishlashni bilish lozim. 
 Bilib olasiz. Visual C++ muhitida dasturlash, integrallashgan ishlab 
chiqarish muhiti, toolkit, toolbox, Integrallashgan muhitlar tarixi, Turbo muhitlar, 
GNU Emacs, Ob’ektga yo‘naltirilgan til, Team Foundation Server (TFS), 
kengaytmalarni ishlab chiqish mexanizmi (plug-ins, add-ins, add- ons), Yagona tilli 
va ko‘p tilli integrallashgan muhitlar, NetBeans integrallashgan muhiti, Java 
dasturlash haqida, Microsoft Visual C++, ASP texnologiyasi, Visual C++ da 
Windows ilovalarni yaratish, Muhitda menyular va uskunalar paneli, Buyruqlar va 
uskunalar paneli, MS Visual Studio muhitining interaktiv tugmalari, Form 
xususiyatlari va hodisalari, MessageBox sinfining show funksiyalarini 
o‘rganishingiz mumkin. 
REJA 
1.Visual C++ muhitida dasturlash.
2. Visual C++ da Windows ilovalarni yaratish 
3. Muhitda menyular va uskunalar paneli. 
4. Form xususiyatlari va hodisalari 
KIRISH 
Bugungi kunda dasturlash muhitlari va turlari ko‘payib bormoqda. Mumkin 
shu vaqtgacha console rejimda dasturlashni o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Ammo 
so‘ng 35 yil ichida foydalanuvchilarga oynali dasturlash muhitlarida foydalanib 
kelinmoqda. Bunday dasturlarni yaratish uchun dasturlashning barcha nazariy 
asoslariga tayanib, foydalanuvchi uchun qulay vizual dasturlash muhitlari 
yaratilgan. Ularda birinchi navbatda foydalanuvchining UI (user interface) yoki 
dasturning foydalanuvchi bilan muloqot oynasi loyihalashtiriladi. Buning uchun 



tayyor sinflar (komponetalar) mavjud bo‘lib, ularning xususiyatlar, funksiyalari va 
hodisalari bilan ishlashsh juda qulay qilib, vizual foydalanish mumkin. Vizual 
foydalanish degani ko‘rib turib ishlatish degan ma’noni beradi. Bu Vizual dasturlash 
bo‘yicha ilk ma’lumotlarni keltiramiz. Deyarli barcha dasturlash tillari uchun vizual 
dasturlash muhitlari mavjud. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling