Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


Ushbu maqolani ham o‘qing


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana31.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1073471
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot — Avitsenna

Ushbu maqolani ham o‘qing:

Vitaminlar haqida nimalar
bilasiz?
Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning
paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam
beradi.
D vitaminning foydalari
Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor
moddalarining organizmga so‘rilishiga yordam beradi. A va
C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash
kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi. 
Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda
yordam beradi.
D vitamini yetishmasa…
Organizmda D vitamin yetishmasa 
raxit kasalligi
 paydo
bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi
oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi.
Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr
qilish va tent ostida quyosh vannasi qabul qilish.
Ushbu vitamindagi bolaning kunlik ehtiyoji — 400- 500 ME ni
tashkil qiladi.
Vitamin E yoki tokoferol
Vitamin E (Tokoferol) yoki ko‘payish vitamini, u 1925 yilda
o‘rganilgan va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol
yunoncha “tocos — bola tug‘ilishi, fero — tashiyman” degan
ma’noni anglatadi. E vitamini tokoferollarning aralashuvidan
tarkib topgan. Faol antioksidant.
Vitamin E vazifalari
Vitamin E (tokoferol) — mushaklarning baquvvatligini
ta’minlaydi, undan tashqari yallig‘lanishning oldini oladi, A


vitaminining oksidlanishi, C vitamini, karotin va yog‘li
kislotalarning nobud bo‘lishini oldini oladi. Birlashtiruvchi
to‘qimalar, sochlar, tirnoq kasalliklarida, husnbuzarlarni
davolashda qo‘llaniladi.
Tokoferol – ko‘payish vitamini
Tokoferol (E vitamin, ko‘payish vitamini) muskul va jinsiy
bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki a’zolarda yog‘da
eriydigan barcha vitaminalar, ayniqsa retinol to‘planishiga
yordam beradi. O‘simliklarning yashil qismi hamda ulardan
olinadigan moyda (masalan, kungaboqar moyida) mo‘l
bo‘ladi. Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun
zarur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p
bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling