Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


Vitamin B5 yoki pantoten kislotasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana31.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1073471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot — Avitsenna

Vitamin B5 yoki pantoten kislotasi
Pantoten kislotasi (B guruhi vitaminlariga mansubdir) — teri
yallig‘lanishini oldini oladi, soch to‘kilishidan himoya qiladi,
to‘qimalarga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, ichaklarda ovqatning
so‘rilish jarayonida ishtirok etadi. Undan asosan yallig‘lanish
jarayonida, muzlaganda, boldir jarohatlarida foydalaniladi.


Pantotenat kislota (B5 vitamin) — o‘simlik va hayvon
to‘qimalarida ko‘p. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va
qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.
Pantoten kislotasi sulida, yangi va quritilgan no‘xatda,
kartoshka, pomidor va zemlyanikada mavjuddir. Sutkalik
dozasi kattalarga — 0,4-0,8 gr, bolalarga — 0,1-0,4 gr.
Vitamin H yoki biotin
Vitamin H (biotin) — terining sog‘lom ko‘rinishi uchun zarur
vitaminlardan biridir. Uning yetishmovchiligi terining
yallig‘lanishi, seboreyyali dermatit, sochlarning kuchli
to‘kilishi, yomon umumiy ahvol bilan namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:

Immunitetni susaytiruvchi
odatlar
H vitamini mevalarda, o‘simliklarning yangi chiqayotgan
barglarida, bug‘doy donlarida, yashil no‘xat,
 yong‘oq
, piyoz,
dukkaklik o‘simliklarda va jigarda mavjuddir.
Sutkalik talabi 30-100 mkg.
Vitamin C yoki askorbin kislota
Foto: www.canceractive.com


Vitamin C vazifasi
Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon
tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik
kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to‘qimalarning holatini
yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar
almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida,
bu to‘qimalarning normal holatda tutib turilishi va
tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining
silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi.
Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida
ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida
ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial
infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini
terida pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling