Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana31.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#1073471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot — Avitsenna

Riboflavin manbalari
Uning muhim oziq-ovqatlardagi manbalari bu — sut va sut
mahsulotlari, baliq, tuxum, jigar, yormalar (grechka va suli
yormalari) va nondir. B2 vitaminining bir sutkadagi talabi —
2-5 mg.ni tashkil qiladi.
Vitamin B6 yoki piridoksin
Foto: Healthyheartdigest.com
Vitamin B6 (piridoksin) organizmda muhim vazifalarni
bajaradi. Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. U
oqsil va yog‘ning normal hazm bo‘lishini ta’minlab, azot
almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin soch
to‘kilganda, terining yallig‘lanishida qabul qilinadi.
Vitamin B6 manbalari
Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar — jigar, fasol,
yormalar (grechka, so‘k), bug‘doy uni, drojji. B6 vitaminida
bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 1-2 mg.ni tashkil qiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:

To‘g‘ri ovqatlanish - uzoq
umr garovi
Piridoksin (B6 vitamin)— ko‘pgina o‘simlik va hayvon
mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol


go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut,
kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va
karamda ko‘p bo‘ladi.
B6 vitamini yetishmasa…
Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi,
me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi.
Homiladorlarda 
stomatit
, terining yallig‘lanishi,
qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi
uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari
ta’sirida hosil bo‘ladi.
Vitamin B12 yoki sianokobalamin
Foto: Shop-argo.ru
Vitamin B12 (Sianokobalamin) — yuqori biologik faol
modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon
yaratilishi jarayonida qatnashadi.
Siankobalamin jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda
bo‘ladi. Bular: jigar, go‘sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va
h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12
vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 15-20 mkg.ni tashkil
qiladi.
Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa,
kamqonlik
paydo bo‘ladi. Siankobalamin mol jigarida
ayniqsa ko‘p.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling