Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


K vitaminiga boy mahsulotlar


Download 61.77 Kb.
bet11/11
Sana03.12.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1801812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot

K vitaminiga boy mahsulotlar
K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar –yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Unga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi.
K vitamini foydasi, u qon quyuqligini normal holatda saqlaydi.
Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida, mushaklarda qon quyilishi (gemoraggiya ) holati kuzatiladi.
F vitamini
F vitamini – to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Bu iste’molda ishlatiladigan o‘simlik yog‘lari tarkibidagi kislotalardir. Vitamin F — o‘zi bilan yog‘li kislotalarni namoyish etadi. Ular yog‘larning almashinuvida ishtirok etadilar. Terini yangilanib turishida katta rol o‘ynaydi. Undan asosan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
F vitaminiga boy mahsulotlar
Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq. Shuningdek, yong‘oq, yeryong‘oq, pista, bodom ham F vitaminiga boy. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda saqlanishi shart, issiqda F vitamini buzilib ketadi.
F vitaminining foydalari
Teri va sochlarning sog‘lomligini saqlaydi. Bolalarning bo‘yi o‘sishiga yordam beradi va o‘zini his qilishni yaxshilaydi. Ichki sekretsiya bezlarining faolligiga samarali ta’sir qiladi, kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi. Agar semirib ketayotgan bo‘lsangiz F vitaminiga boy ozuqalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular to‘yinmagan yog‘larni yo‘qotib, ortiqcha vanzlardan xalos qiladi.
F vitamini yetishmasa…
To‘yimagan yog‘li kislotalar yetishmasligining boshlang‘ich belgilari, terida sariq yog‘li tangachalar paydo bo‘lishi, sochlar qurishi va mo‘rtlashishi. Agar bu vitamin taxchilligi oshib ketsa, har xil toshmalar toshadi, ich ketishiga moyillik ortadi. Sutkalik organizm talabi kattalarga 1000 mg atrofida, bu 20-30 gr o‘simlik yog‘i deganidir.
Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling