Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot


Foliy kislotasi va homiladorlik


Download 61.77 Kb.
bet4/11
Sana03.12.2023
Hajmi61.77 Kb.
#1801812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot

Foliy kislotasi va homiladorlik
Hozir bo‘lmasa ham, yaqin yillarda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolga ham foliya kislotasi talab etiladi. Chunki homilaning foliya kislotasiga bo‘lgan ehtiyoji homiladorlikning ilk kunlaridan, ayol hatto homiladorlik haqida bilmagan davridan boshlanadi. Bu muhim davrni o‘tkazib yubormaslik uchun homilador bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha ayollar kuniga foliya kislotasini shifokor bilan maslahatlashgan holatda qabul qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foliy kislotasida insonning kunlik talabi chaqaloqlarga 25-35 mkg bolalarga 50-100 mkg kattalarga 200 mkg homiladorlarga 400mkg.ni tashkil qiladi.
Vitamin P yoki rutin

Vitamin P (Rutin, Kversetin, Gesperidin) — ushbu vitamin flavonoidov guruhiga mansubdir. O‘simliklarda u asosan C vitamini bilan odatda qo‘shni bo‘la oladi. P vitamini qon tomirlariga ijobiy ta’sir etadi, C vitaminining ta’sir kuchini oshiradi, qon tomirlarining devorlarini baquvvatlashtiradi. Natijada ularning yallig‘lanishini oldini oladi va qon to‘xtatish xususiyatini oshiradi. Kversetin o‘sma hujayrasini o‘sishini sekinlashtiradi. Ayniqsa ko‘krak bezi raki va qon raklarida qo‘llaniladi. Gesperidin varikoz kengaygan venalarda (varikozgemorroyda) qon tomir devorini mustahkamlashda keng qo‘llaniladi.


Ushbu vitamin na’matak, buzina, lipa, qora smorodina, limon po‘stlog‘ida mavjuddir. Sutkalik organizm talabi: Rutin — 30 mg, Kversetin — 15 mg, Gesperidin- 100 mg.
Vitamin PP yoki nikotin kislotasi
V i t a m i n PP (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo‘shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra — g‘adir — budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit, diareya ( ich ketish ), xattoki, demensiya (aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi.

Download 61.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling