“vitaminlar va ularning ahamiyati” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi Reja


Download 0.92 Mb.
Sana05.11.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1749544
Bog'liq
PREZENTATASIYA VITAMIN (3)

“VITAMINLAR VA ULARNING AHAMIYATI” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi

Reja


Vitaminlar (lot. Vita-hayot va amin, hayot aminlari tirik organizmda juda muhim biokimyoviy va fiziologik funksiyalarni bajaradigan yuqori molekulali birikmalar. Vitaminlar lotin alifbosidagi A, B, C, D, E va boshqa harflar bilan ifodalanadi.
Vitaminlarni o`rganishga rus olimi N. I. Lunin asos solgan. Bu termin 1912-yilda polyak olimi K. Funk taklif etgan. Organizmda vitamin yetishmasligi avitaminoz deyiladi. Vitaminlar organizmda sodir bo`ladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi. Va oziq moddalar o`zlashtirilishiga ta`sir ko`rsatadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta`minlaydi. Organizmda vitaminlar yetishmaganda moddalar almashinuvi izdan chiqib, odamning mehnat qobiliyati, yuqumli kasalliklarga chidamliligi pasayadi. Vitaminlar organizmda sintezlanmaydi yoki juda kam sintezlanadi.

Vitaminlar suvda va yog`da eriydigan guruhlarga bo`linadi.


mjfngrn
VITAMINLAR
SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR
B1 B2
PP
C
B6 B12
YOG`DA ERIYDIGAN VITAMINLAR
A
D
E
K

A vitamini asosan baliq yog`i, sariyog, sut, tuxum sarig`i, baliq ikrasi va boshqa hayvon mahsulotlarida mavjud. O`simliklardan sabzi, ismaloq, pomidor, o`rik va qizil garmdorida bu vitaminni hosil qiladigan karotin moddasi bo`ladi. A vitamini organizmining o`sishi va rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Bu vitamin yetishmaganida ko`pincha shabko`rlik paydo bo`ladi. Bolalar ovqatida A vitamini yetishmaganida ularning bo`yi va sochlari yaxshi o`smaydi. Odam har kuni 1 g ga yaqin A vitamini iste`mol qilishi lozim.

C vitamini oqsillar va karbonsuvlar almashinuviga ta`sir qiladi. Bu vitamin na`matak, qora smorodina, limon, apelsin, piyoz, sarimsoq, ko`pchilik o`simliklar mevasi va o`simliklarning yashil qismi, ayniqsa novdasida hamda ko`katlarda mavjud. Organizmda C vitamini yetishmaganda singa kasalligi paydo bo`ladi. Bu kasallikda odamning tish milklari qonaydi. Og`zining shilliq pardasiga mayda yaralar toshadi.

B1 vitamini boshoqli va dukkakli ekinlar donida va tuxum sarig`ida, oz miqdorda ayrim sabzavot va mevalarda, ya`ni ismaloq, sabzi, karam, piyoz va olma mevasida bo`ladi. Ovqatda B1 vitamini yetishmaganidan beri-beri kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallikda tomir tortishib, ko`krak qafasi, diafragma va qo`l-oyoq muskullari shol bo`lib qoladi. Ilgari bu kasallik Tinch okeani orollarida yashovchi ko`p guruch iste`mol qiladigan xalqlar orasida keng tarqalgan edi.

B12 biologik o`ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo`lishida ishtirok etadi. Bu vitamin tansiqligi, odatda, oshqozon-ichak kasalliklari ta`sirida uning ichak orqali so`rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. B12 vitamini asosan, hayvon mahsulotlari bilan organizmga tushadi, bakteriyalar ishtirokida odam ichagida ham oz miqdorda sintezlanadi. Bu vitamindan tibbiyot, chorvachilik va parrandachilikda keng foydalaniladi, B12 vitamini yetishmasa kamqonlik paydo bo`ladi,

D vitamini bu vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi, umuman suyaklanish jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmaganda, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishi oqiatida bolalarda raxit kasalligi paydo bo`ladi. Raxit bilan og`rigan bolaning suyaklari to`g`ri shakllanmaydi, oyoqlari qiyshiq o`sadi, qorni kattalashadi. Baliq yog`i, jigar, sariyog`,baliq ikrasi, tuxum D vitaminiga boy bo`ladi. Quyosh nuri ta`sirida odam terisida D vitamini sintezlanadi.

Vitamin pp (nikotin kislotasi ) 1911 yilda K. Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo`shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra – g`adir – budir teri ma`nosini bildiradi, unda dermatit, diaterya (ich ketish), xattoki demensiya (aqlning zaiflanishi) kasalliklari kelibchiqadi.


VITAMIN PP MANBALARI
Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na’matak, zveroboy, shalfey, bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham mavjuddir.
  • Vitamin PP — teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Nikotinamid, nikotin kislota (PP vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’daning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Ushbu vitamin husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo‘llaniladi.

VITAMIN PP MANBALARI
Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na’matak, zveroboy, shalfey, bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham mavjuddir.

Darsni mustahkamlash: BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib chiqishadi.

  • Darsni mustahkamlash: BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib chiqishadi.
  • Uyga vazifa berish: O’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzu asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling