Вывод отчета на печать Антиплагиат
10-12 yoshli suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi guruhlarda
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
3.3. 10-12 yoshli suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi guruhlarda
ko‘krakda kuroll usulida suzish elimintlarini o‘rgatishda jismoniy sifatlarini rivojlanganligini aniqlash bo’yicha anketa natijalari tahlili. 10-12 yoshli suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi guruhlarda ko‘krakda kuroll usulida suzish elimintlarini o‘rgatishda jismoniy sifatlarini rivojlantirish uslublarini aniqlash bo’yicha so’rovnoma o’tkazilib olingan natijalar tahlil qilindi. Tahlil natijalari 1-jadvalda berilgan. Unda 20 nafar shug’ullanuvchi qatnashdi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, “Ko‘krakda kuroll usulida suzishning jismoniy sifatlarni bilasizmi? ” degan 1-savolga “ha” deb 12 tasi, “yo’q” deb 2 tasi, 6 tasi “qisman” deb javob berishgan. Ko’pchiligi ijobiy javob berishgan. “Siz o’zingizni jismoniy holatingizni baholay olasizmi?” degan 2-savolga 6 tasi “ha”, “yo’q” deb yana 6 tasi javob berishgan, “qisman” deb 40% javob berishgan. 3-savolga “Murabbiyingiz mashg’ulotlarda maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga katta e’tibor beradimi?” degan savolga 4 tasi “ha”, 10 tasi “yo’q” hamda 6 tasi “qisman” deb javob bergan. Sport tayyorgarligini oshirishda harakatli o‘yinlar samarali deb o‘ylaysizmi? degan savolga 4 tasi “ha” deb, 11 tasi “yo’q”, 5 tasi “qisman” deb javob berishgan. Tezkorlik jismoniy sifatlarini rivojlantirishda murabiyingiz harakatli o‘yinlardan foydalanadimi? degan savolga 3 tasi “ha” deb, 12 tasi “yo’q”, 5 tasi “qisman” deb javob berishgan. Murabbiyingiz jismoniy holatinigizdan kelib chiqib yuklamalar beradimi? degan 6-savolga 4 tasi “ha”, 9 tasi “yo’q”, 7 tasi “qisman” deb javob bergan. Demak, bundan ko’rinib turibdik, ko’pchilik murabbiylar mashg’ulotlarida harakatli o’yinlarni kam qo’llar ekanlar. So’rovnoma davomida olingan natijalar va ularning qiyosiy tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat murabbiylar mashg’ulotlarni haligacha yangicha yondashmasdan mashg’ulotlarni olib borishlari kuzatildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling