Вывод отчета на печать Антиплагиат
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
Muommo
To’g’irlash Men tirsagimni vertikal holatda ushlab turishga qiynalyapman Siz suv ustida yonboshlab yot- ganingizga ishonch hosil qiling. Agar suvda yonboshlab yotma- sangiz siz tirsagingizni vertikal holda ushlab tura olmaysiz. Men cho’kyapman Oldinga suzish uchun oyoqlarin- gizni tezlik bilan ishlatishga ha-rakat qiling Mening qo’lim bo’shashmayapti Yonboshlab yotishga ko’niking. Qo’lingizni tirsagingizda suv-dan chiqarishni boshlang. NAFAS OLISH UCHUN MASHQLAR Eshish harakati davomida nafas olib chiqarish onson vazifa emas. Nafas olib chiqarishni eshish harakatlariga moslagandan keyin, suzuvchi ma’lum bir ritmda suza oladi. Quyidagi mashqlar – nafas olib chiqarishni, tana holatining suvda tekis yotishi va qorin muskullarini ishga solish orqali nafas olib chiqarish samaradorligini oshirishga qara-tilgan. QO’L NAFAS OLISHDA/QO’L NAFAS CHIQARISHDA - nafasni to’gri olib chiqarishni o’rgatish; - oddiy nafas olish modelini qo’llash; - eshish harakati davomida qo’lni bo’shashtirish, bir ritmni ushlab turib nafas olib chiqarishni o’rganish. MASHQNING BAJARILISHI -Burilib nafas olishingiz uchun bir yonboshingizni tan-lang. Bu 71 yonboshingizdagi qo’lingizni “nafas olgandagi qo’l” ikkinchi qo’lingizni esa “nafas chiqargandagi qo’l” deb nomlaymiz. - Belgacha bo’lgan chuqurlikda turing, egiling va yuzin-gizni suvga tushiring. Turib bir qo’lingizni yelkangiz bilan bir chiziqda cho’zing va ko’krakda krol usulida eshish harakatini bajarishga tay-yorlaning. - Endi esa eshish harakatini bajarayotganingizda “nafas olgandagi qo’l” toz suyagiga yaqinlashganda boshingizni shu qo’l to-monga buring va nafas oling. Boshingizni og’zingiz suvdan chiqqun-cha buring, betingiz esa suv ustida yotishi kerak. Qo’lingiz orqada bo’lganda og’zingiz bilan chuqur nafas olishingiz kerak. Endi “nafas olgandagi qo’l” oldinga cho’zilgan paytda nafasni boshingizni suvga tushiring. Suv havzasini tubiga ko’zingiz bilan qarang. - Boshingiz suvga tushganda ikkinchi (“nafas chiqar-gandagi”) qo’lingiz bilan eshish harakatini boshlang. Qo’lingiz bilan eshish harakatini tugatayotganingizda nafasni suv ichiga burningiz va og’zingiz bilan chiqaring. Nafas chiqargan paytingizda siz suv ichida ko’p pufaklarni ko’rishingiz kerak. Nafas chiqarishni eshish harakati paytida davom ettiring. - Nafas olganingizda og’zingiz bilan chuqur nafas oling va eshish harakatlar davomida burun va og’zingizda sekinlik bilan chiqaring. - Endi esa ko’krakda krol usulida suzib nafas olib chiqaring. Suzishni sekinlik bilan boshlang. Qo’lingiz orqaga ketganda nafas oling va suv ustida bo’lganda nafas chiqaring. Uchta eshish harakatidan so’ng nafas oling va uchta eshish harakati davomida suvga og’zingiz va burningiz orqali nafasni chiqaring. -Shu mashqni qaytaring. Charchasangiz dam oling va yana mashqni bajarishga tushing. Nafas olishingiz qo’lingizni ritmiga moslashguncha mashqni bajaring. 8-rasm. Suzish davomida nafas olib chiqarish. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling