Viy tadqiqotlar va ularning turlari


Download 23.06 Kb.
bet2/2
Sana04.01.2023
Hajmi23.06 Kb.
#1078763
1   2
Bog'liq
2-MA\'RUZA (1)

Tadqiqotning vazifalari - tadqiqotning yechimini ta’minlovchi kuzatishlar majmuini o’zida ifoda qiladi.
Adabiyotlar ustida ishlash. Tadqiqot maqsadini to’g’ri belgilash uchun ayni muammoga oid adabiyotlar bilan chuqur tanishish lozim. Buning yana muhim tomoni tadqiqotlarning takrorlanishi yoki avval o’rganilgan mavzuga qayta qo’l urilishining oldini olishdir. Adabiyotlar bilan tanishish ishchi taxminni tuzish, dolzarbligini anglash, tadqiqotlardagi yangilikni ko’rsatish, eksperimentlar dasturi va uslubiyotini tanlash imkonini beradi.
Ishchi gipoteza - o’rganilayotgan jarayondan olinadigan natijalar va qonuniyatlarni keltirib chiqaradigan, asoslaydigan va tushuntirib beradigan sabablarni aniqlash uchun tuziladigan taxmin. U izohlanadigan umumnazariy va amaliy mulohaza va mushohadalarga to’la moye kelishi, mantiqan sodda va oson qiyoslanadigan holatda bo’lishi lozim.
Mavzuning dolzarbligi - uning o’rganilganlik darajasini ifodalashi va masalaning yechimi uchun kerak bo’ladigan masalalarni o’zida mujassamlashtirishi kerak. Izlanishlardagi yangilik deganda, tadqiqotlar jarayonida olinishi lozim bo’lgan yangi ma’lumotlar to’g’risida so’z yuritiladi. Bu bo’limda tadqiqotning barcha vazifalari takrorlanmasdan eng asosiylari atab o’tiladi.
Tadqiqotning nazariy yoki amaliy ahamiyati-tayaqshrt mavzusi asosida olinadigan natijalar ishlab chiqarish yoki fan yo’nalishiga qanday foyda berishini o’zida ifodalaydi.
Ishchi dastur - eksperimentni bajarish yo’l-yo’rig’ini o’zida mujassamlashtiradigan xujjat. Dastur o’z ichiga tadqiqot vazifalariga to’la moye keladigan barcha eksperimental va nazariy aspektlarni oladi. Tajriba dasturi chuqur o’ylanishi, o’zida tajriba tizimi, kuzatish va tahlillarni amalga oshirish shart-sharoitlari, eksperimentni yo’lga qo’yish va o’tkazish uslubiyotini ifoda qilishi, hamda tarkibiga kuzatish va laboratoriya sharoitida bajariladigan analitik ishlar mazmunini shuningdek, olinadigan natijalar tahlili, yakun va xulosalarni olishi kerak. Tadqiqotlar dasturi tadqiqotchi uchun uzil-kesil yakuniy xujjat bo’lmasdan, ish jarayonida to’ldirilishi, qisman o’zgartirilishi mumkin, chunki tajribalardan kutiladigan natijalarni boshdan-oxirigacha bashorat qilish mumkin emas.
Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling