Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo’llash qoidalari
Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko’p tarqatma materillar bermang.
Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir mashg’ulot uchun ikkita tarqatma material zarur bo’lsa, ularga kod-nom berib, ularni ajratishni osonlashtirish.
Matn shrifti 12 dan kichik bo’lmasligi kerak
Bir betda 80 tadan ko’p belgi(harf, qavs, undov belgisi va hokozo)ishlatmang.
Varaq dizayni e’tiborni o’ziga tortishi kerak
Kimning guli chiroyli ochiladi?
O’yin shartlari:
Guruhning har bir a’zosi ishtirok etishi shart.
Har bir o’quvchiga gul yaproq shaklidagi tarqatma materialda savol yoki topshiriq beriladi.
To’g’ri javob quyidagi bo’sh gul kosaga joylanadi.
No’tog’ri javob berilsa, gul yaproqning o’rni bo’sh qoladi.
To’g’ri va noto’g’ri javobga izoh beriladi
«Zigzag» texnikasi
O’zaro o’qitish yagona tamoyilga asoslangandir: o’quv guruhi kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh a’zosi o’rganilayotgan mavzuning ma’lum sohasi bo’yicha ekspert bo’ladi va boshqalarga o’rgatadi.
Har bir guruhning asosiy maqsadi: har bir o’quvchi mavzuni to’liq o’zlashtirishi kerak.
2-ilova
O’z-o’zini tekshirish va baholash uchun nazorat savollar va vazifalar:
1.O’zbekiston Respublikasida Tadbirkorlik loyihalarni samaradorligini oshirishni baholash qanday amalga oshiriladi?
2. Investitsion loyihalar samaradorligi qanday aniqlanadi?
3. Investitsion loyihalar samaradorligini tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari qaysilar?
4. Investitsion loyiha bo’yicha pul oqimlari hisobi qanday yuritiladi?
5. Investitsion loyiha qiymatining o’sishi va diskontlash mexanizmi nimalardan iborat?
6. Investitsion loyiha samaradorligini baholash usullarini aytib bering.
3-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |