Darsdan kutayotgan maqsadimiz: 1. faollik 2. yangilik 3. ijodkorlik 4.hamkorlik
VI. Darsning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomatni aniqlash.dars mavzusi va rejasi bilan tanishtirish. o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
Dars rejasi:
Vodorodni kashf qilinishi.
Vodorod kimyoviy element sifatida.
Тabiatda tarqalishi.
Vodorodning tabiiy birikmalari — kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.
VII. Uyga berilgan mavzuni so’rash.. o’quvchilarning hohishiga qarab ularga quyidagi misollarni yechish vazifasi beriladi.
Buxoro gaz konlaridan olinayotgan tabiiy gazning asosiy qismining tarkibi quyidagicha: C-75%, H-25%. Bu birikmaning formulasini toping.
Vodorodning massa bo‘yicha foiz ulushi ko‘p bo‘lgan moddani aniqlang: NH3, PH3, H2S. HCl,
Aqliy hujum
kislorodning fizik hossasi
kislorodning molekulyar massasi
ozonator nima?
kislorodni laboratoriyada olish mumkin bo’lgan modda
katalizator nima?
kislorodni davriy sistemadagi o’rni
ozon nima?
kataliz nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |