Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Download 1.01 Mb.
bet24/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

11.3. To‘p to‘rda.
11.3.1. O‘yin davomida to‘p to‘rga tegib, uning ustidan o‘tmasa, bunday to‘pni to‘p bilan 3 marta o‘ynash qoidasini buzmasdan o‘ynash mumkin (10.1). Agar o‘yinga kiritilayotgan to‘p to‘rga tegib, o‘tmasa, bu jamoaning mag’lubiyati hisoblanadi.
11.3.2.Agar to‘p to‘rni teshib o‘tsa yoki uni ag’darib yuborsa, ushbu vaziyatdagi o‘yin bekor qilinadi va to‘p o‘yinga qayta kiritiladi (6.2).
12. O‘YINChI TO‘R OLDIDA
12.1. Qo‘llarni to‘r ustidan o‘tkazish:
12.1.1. O‘yinchi to‘siq qo‘yishda qo‘llarini to‘r ustidan raqib tomonga o‘tkazishi mumkin. Lekin hujum qilayotgan o‘yinchidan oldin to‘pga tegishi mumkin emas (15.1, 15.3).
12.1.2. To‘p bilan hujum qilishda to‘p to‘rning qoq ustida yoki hujum qilayotgan o‘yinchi tomonida bo‘lishi kerak.
12.2. Tananing u yoki bu qismining to‘r tagidan o‘tishi.
12.2.1. Tananing ayrim qismlari to‘rning pastki qismidan maydon yuzasi oralig’idagi bo‘shliqni kesib, raqib tomoniga o‘tishi mumkin. Lekin bu holda ushbu vaziyat raqib o‘yiniga xalaqit berishi kerak emas.
12.2.2. Raqib tomonga o‘rta chiziqni bosib o‘tish (1.3.3):
12.2.2.1. Oyoq yoki qo‘l bilan o‘rta chiziqni har qanaqasiga bosish mumkin, lekin shu chiziqdan to‘liq o‘tib ketish mumkin emas (1.2.3).
12.2.2.2. Tananing boshqa qismlari bilan raqib maydonini bosish mumkin emas.
12.2.3. To‘p o‘yindan chiqqandan so‘ng o‘yinchi raqib maydoniga o‘tib ketishi mumkin (9.2).
12.2.4. O‘yinchi raqib maydinining bo‘sh zonasiga (maydondan tashqari) raqib o‘yiniga halaqit bermasdan o‘tib ketishi mumkin.
12.3. To‘rbilanto‘qnashish
12.3.1. To‘r oldida o‘ynayotgan o‘yinchi to‘rga tegib ketsa xato hisoblanadi. To‘r oldida to‘p bilan o‘ynamayotgan o‘yinchi to‘rga tasodifan tegib ketsa,ham xato hisoblanadi (12.4.4).
12.3.2. Agar o‘yinchi to‘r ustidan zarba berib bo‘lganidan so‘ng (to‘siqdan so‘ng) o‘yinga halaqit bermagan holda to‘rni chegaralovchi lentadan tashqari joyga (to‘rning davomi, tros, ustun) tegib ketsa, xato hisoblanmaydi.
12.3.3. Agar to‘p to‘rga tegib, shu sababli o‘yinchi tanasiga tegsa, bu xato hisoblanmaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling