Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


TANAFFUSLAR VA MAYDON ALMAShINUVI


Download 1.01 Mb.
bet32/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

19. TANAFFUSLAR VA MAYDON ALMAShINUVI
19.1. Tanaffuslar
Partiyalar oralig’idagi tanaffuslar 3 daqiqa vaqtni tashkil etadi (6.3).
Shu vaqt ichida maydon almashinish va maydonda o‘yinchilarning joylashish tartibi bayonnomaga yoziladi (19.2, 26.2.1.2).
Tashkilotchilarning iltimosiga ko‘ra 2 va 3 partiyalar oralig’idagi tanaffus mutasaddi shaxs tomonidan 10 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin.
19.2. Maydon almashish.
19.2.1. Har bir partiyadan so‘ng jamoalar maydon almashadilar. Hal qiluvchi partiyada hisob 8 ochkoga etganda. (7.1).
Jamoaning zaxiradagi o‘yinchilari ularga ajratilgan tomonlarni almashadilar.
19.2.2. Hal qiluvchi partiyada jamoalardan biri 8 ochko to‘plaganda. Jamoalar o‘yinchilari vaqtni cho‘zmasdan darhol maydon almashishlari lozim. O‘yinchilarning joylashishi qanday bo‘lsa shunday saqlab qolinadi (6.3.2, 7.4.1).
Agar maydon almashish o‘z vaqtida (8 ochko) bajarilmay qolsa ushbu xato aniqlangan zaxoti bartaraf etiladi (maydon almashinadi), lekin xisob qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi.
VI-bob. “LIBERO” O‘YINChISI
20. «LIBERO» O‘YINChISI HAQIDA.
20.1. «Libero»ni tayinlash
20.1.1. Har bir jamoa o‘z tarkibidagi 14 o‘yinchi ichida2 ta himoyada o‘ynovchi “libero” o‘yinchisini kiritishi mumkin (4.1.1).
20.1.2. “Libero” o‘yin bayonnomasida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart va1-partiyadagi joylashishda raqami ko‘rsatilishi kerak (7.3.2)
20.1.3. “Libero” jamoa sardori yoki o‘yinda sardor sifatida o‘ynashi mumkin emas.
20.2. «Libero»ning kiyimi.
«Libero»ning kiyimi boshqa o‘yinchilarnikidan rangi yoki shakli bilan (yoki maxsus xalat) tubdan ajralib turishi shart.
«Libero»ning kiyimi (futbolkasi) boshqa o‘yinchilar kiyimi kabi raqamlangan bo‘lishi lozim (4.3, 4.3.5)
20.3. «Libero» faoliyati tavsifi.
20.3.1. «Libero»ning o‘yin harakati.
20.3.1.1. «Libero» orqa zonadagi xoxlagan o‘yinchining o‘rniga tushib o‘ynashi mumkin (7.4.1.2.)
20.3.1.2. «Libero» faqat orqa chiziqda himoyada o‘ynaydi, unga umuman hujum zarbasini berish (agar to‘p to‘r sathidan balandda bo‘lsa) ta’qiqlanadi (14.2.2, 14.2.3).
20.3.1.3. «Libero» to‘p kiritishda, to‘siq qo‘yishda ishtirok etishi mumkin emas (13, 15.1, 15.1.2, 14.3.6)
20.3.1.4. «Libero» ishtirokida uzatilgan to‘p oldingi zonaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu to‘pni to‘rdan yuqori holatda hujumda qo‘llash mumkin emas. Agar shu vaziyat orqa chiziq zonalarida ro‘y bersa, bunday holda «Libero» uzatgan to‘pni hujum zarbasida qo‘llash mumkin.
20.3.2. «Libero»ning o‘yinchi o‘rniga almashtirilishi.
20.3.2.1. «Libero»ni almashtirish chegaralanmaydi, uning almashtirilishi qoidadagi almashtirish hisobga kiritilmaydi. Lekin “Libero” ni almashtirishda kamida bir to‘p o‘ynalishi kerak. “Libero” bilan almashgan o‘yinchi faqat uning o‘zini o‘rniga tushishi mumkin (8).
20.3.2.2. «Libero» ning o‘yinga tushishi to‘p kiritishga xushtak chalinishidan oldin xam o‘z ifodasini topishi mumkin (13.3):
a) xar bir partiya oldidan 2 — hakam o‘yinchilarning maydonda joylashishini nazoratdan o‘tkazganidan so‘ng (13.1.1.); yoki
b) to‘p maydondan «tashqari»da bo‘lganida
20.3.2.3. To‘p kiritishga xushtak chalingandan so‘ng, «lekin to‘pni kiritishdan oldin «libero»ning o‘yinga tushishi bekor qilinmaydi, ammo unga to‘p o‘ynalgandan keyin og’zaki tanbex beriladi. Agar shunday xolat qaytarilsa, unda bu vaziyat jazo berish uchun asos bo‘ladi (13.3, 13.4, 22.1).
20.3.2.4. «Libero» va almashadigan o‘yinchilarning maydonga kirish — chiqishi o‘z jamoasining o‘rindig’i oldidan hujum chizig’ining yon chizig’i bilan kesishgan joyidan amalga oshiriladi (S.1).
20.3.3. Yangi «Libero»ni qayta ro‘yxatga olish.
20.3.3.1. Ilk bor ro‘yxatga olingan «Libero» jarohat olsa, birinchi hakamning ruxsati bilan murabbiy o‘z jamoasi tarkibidagi hali maydonga chiqmagan biror o‘yinchini yangi «Libero» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Jarohatlangan «Libero» ushbu o‘yin davomid qayta maydonga chiqish xuquqiga ega emas.
20.3.3.2. Yangi «Libero» o‘yin oxirigacha «Libero» funksiyasini ijro etishi shart.
20.3.3.3. Yangi «Libero»ning o‘yin raqami tanbexlar ustunida qayd etilishi va navbatdagi partiyaning maydonda joylashish varaqasiga yozilishi kerak (26.2.2.7, 7.3.2, 20.1.2).



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling