18. O‘YIN DAVOMIDA ISTISNO TARIQASIDA BERILADIGAN TANAFFUSLAR.
18.1. O‘yinchining jarohatlanishi.
18.1.1. Agar maydonda jiddiy jarohatlanish — baxtsiz hodisa ro‘y bersa bu holda hakam darxol o‘yinni to‘xtatib, maydonga shifokorlarni taklif qilishi lozim. Bunday hollarda to‘p qayta o‘ynaladi (9.1, 6.1.3).
18.1.2. Agar jaroxatlanishio‘yinchini qoidaga asosan yoki istisno tariqasida almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, shu o‘yinchi tiklanishi uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Lekin bu imkoniyat shu o‘yinchi uchun bir o‘yin davomida bir martadan ortiq berilmaydi (8.1, 8.2. 6.3).
Agar mazkur o‘yinchi tiklana olmasa, jamoa to‘liq tartibga ega emas deb e’lon qilinadi (6.4.3, 7.3.1).
18.2. O‘yin jarayoniga tashqi ta’sir.
Agar o‘yin jarayoniga tashqaridan ta’sir ko‘rsatilsa va o‘yinni to‘xtatilishi ro‘y bersa, o‘yin vaziyati yana qaytadan tiklanadi (6.1.3).
18.3. Uzoq muddatli tanaffus.
18.3.1. Agar kutilmagan vaziyat o‘yinning to‘xtatilishiga olib kelsa, birinchi hakam tashkilotchi va nazorat vakili (agarbo‘lsa) o‘yinni tiklash hamda barcha zarur sharoitlarni ta’minlash chorasini ko‘rishlari kerak (6.3).
18.3.2. Agar o‘yin davomidagi bunday to‘xtalishlar bir necha bor ro‘y bersa va buto‘xtalishlar vaqti jami 4 soatdan oshmasa, bu holda (18.3.1)
18.3.2.1. Agar o‘yin shu maydonni o‘zida tiklansa, bu holda to‘xtatilgan partiya odatdagidek to‘plangan ochkolar, o‘yinda ishtirok etgan o‘yinchilar va tanaffusgacha bo‘lgan joylashish saqlangan holda davom ettiriladi (1, 7.3.3).
Avvalgi partiyalardagi ochkolar ham qanday bo‘lsa shunday saqlanadi.
18.3.2.2. Agar o‘yin boshqa maydonga ko‘chirilgan bo‘lsa, bu holda to‘xtatilgan partiya bekor qilinadi, lekin avvalgi o‘yinchilar tarkibi va o‘yinchilarning joylashishi saqlab qolinadi. O‘ynalgan oldingi partiyalar va ularda to‘plangan ochkolar saqlab qolinadi (7.3.3).
18.3.3. Agar o‘yin davomidagi to‘xtalishlar vaqti 4 soatdan oshib ketsa, o‘yin to‘liq holda qayta o‘ynalishi kerak (6.3).
Do'stlaringiz bilan baham: |