Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Download 1.01 Mb.
bet39/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
valiybolllll

27. ChIZIQ HAKAMLARI.
27.1. Joylashishi.
Agar o‘yinda ikki chiziq hakami shtirok etsa, ular maydon burchaklaridan 1-2 m uzoqlikda bir —biriga diagonal holatda joylashadilar (S.1, S.5). Ular yon va orqa chiziqlarni o‘z tomonidan nazorat qiladi.
FIVBning rasmiy musobaqalarida 4 ta chiziq hakamlari ishtirok etadi (S-5). Ular maydonning har bir burchagidan 1 —3 m uzoqlikda bo‘sh zonada to‘rib o‘z chiziqlarini nazorat qiladi.
27.2. Burchlari.
27.2.1. Chiziq hakamlari o‘z xarakatlarini bayroqcha (40x40 sm) bilan amalga oshiradi;
27.2.1.1. To‘p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga tushirib ishora qiladi (9.3, 9.4);
27.2.1.2. To‘p maydondan tashqariga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘tarib ishora qiladi (9.4.);
27.2.1.3. To‘p antennaga tegsa yoki to‘r tagidan o‘tsa bayroqni yuqoriga ko‘tarib ishora qiladi (9.4.3, 9.4.4)
27.2.1.4. To‘p o‘yinga kiritilayotganda o‘yinchi maydondan tashqarida bo‘lsa bayroq yuqoriga ko‘tariladi (7.4);
27.2.1.5. Chiziq hakami to‘pni o‘yinga kiritayotgan o‘yinchining chiziqni bosganligi yoki bosmaganligini nazorat qiladi (13.4.2).
27.2.1.6. O‘yinchi o‘z maydonida to‘p bilan o‘ynayotganda antennaga tegib ketsa yoki bu holat o‘yinga xalaqit bersa ishora qiladi (12.3.1);
27.2.1.7. To‘p to‘r ositidan o‘tsa yoki raqib maydoni tomonidan antennaga tegsa ishora qiladi (11.1.1).
27.2.2. Birinchi hakamni iltimosiga ko‘ra chiziq hakami o‘z qarorini takrorlaydi.
28. RASMIY IShORALAR.
28.1. Hakamlar ishoralari.
Hakamlar ro‘y beradigan xatolar yoki tanaffuslarni rasmiy ishoralar bilan amalga oshiradi. Ishora holati bir oz vaqt saqlanib to‘rishi lozim. Hakam bir qo‘li bilan xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa maydonini, ikkinchi qo‘li bilan to‘p qaysi tomonga berilishini ko‘rsatadi.
28.2. Chaziq hakamlarini bayroqcha bilan ishora qilishi
Chiziq hakamlari ro‘y bergan hatolar mohiyatini rasmiy ishora bilan ma’lum qilib, bir oz ushbu holatni saqlab turishi lozim.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling