8.1. O‘yinchini almashtirish chegarasi.
8.1.1. Har bir partiyada jamoaga ko‘pi bilan 6 ta almashtirish huquqi beriladi. Bir vaqtning o‘zida bir yoki bir necha o‘yinchi almashtirilishi mumkin.
8.1.2. Dastlabki tarkibda joylashgan o‘yinchi maydonni bir partiyada faqat bir marta tark etib, qaytib o‘z o‘rniga kirishi mumkin (7.3.1).
8.1.3. Almashtirilayotgan zaxiradagi o‘yinchi har bir partiyada faqat bir marta maydonga tushishi mumkin. U maydonda qolishi yoki yana dastlabki tarkibdagi muvofiq o‘yinchi bilan qayta almashtirilishi mumkin. Aynan shunday almashtirilish 3 ta dastlabki tarkibdagi va 3 ta zaxiradagi o‘yinchilar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin (7.3.1).
8.2. Istisno tariqasida almashtirish
8.2.1. Jaroxatlanish sababli o‘yinni davom ettira olmaydigan o‘yinchi zaxiradagi o‘yinchi bilan yuqorida qayd etilgan qoida asosida almashtirilishi lozim. Agar buning iloji bo‘lmasa ya’ni jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lgan bo‘lsa, unda shu jamoaga qoidadan tashqari istisno tariqasida jaroxatlangan o‘yinchini almashtirish imkoniyati beriladi (20.3.3, 8.1).
Ushbu o‘yinda jaroxatlanib maydonni tark etgan o‘yinchiga maydonga qaytish xuquqi berilmaydi.
8.3. O‘yinchi jazo bilan maydondan chiqarilganda almashtirish tartibi
Maydondan jazo bilan chiqarilgan yoki diskvalifikatsiya (chetlashtirilgan) qilingan o‘yinchini almashtirish Qoidadagi tartibga asosan amalga oshiriladi (22.3.3, 8.1, 6.4.3, 7.3.1)
8.4. Noto‘g’ri almashtirish
8.4.1. Agar jamoa almashtirish imkoniyatidan foydalangan bo‘lsa, bu holda o‘yinchi almashtirish noto‘g`ri bo‘ladi (8.1). Lekin Qoidani 8.2. — bandi bundan istisno.
8.4.2. Jamoa noto‘g’ri almashtirishga yo‘l qo‘yganda va vaziyat haletilib, o‘yin qayta tiklanganda (9.1) quyidagi qarorlar qabul qilinshi kerak:
8.4.2.1. Jamoa o‘yin vaziyatini yutqazgan hisoblanadi (6.1.3);
8.4.2.2. Noto‘g’ri almashtirish to‘g`rilanadi;
8.4.2.3. «Aybdor» jamoaning so‘ngi ochkolari bekor qilinadi. Raqibochkolarisaqalabqolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |