Voleybolchilarning sakrovchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish. Husanov Bahodir Shaymardonovich


Download 67 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi67 Kb.
#1180710
1   2   3
Bog'liq
Husanov Bahodir Shaymardonovich

Kim baland sakraydi? To’siqlar o’yin qatnashchilarining o’tishi mumkin bo’lgan balandlikda o’rnatiladi. Oldin bitta komanda o’yinchilari, keyin boshqa komanda qatnashchilari ketma-ket sakraydilar. To’siq har gal hamma sakrab bo’lgandan keyin 5 sm ko’tariladi. Keyin to’siqni yangi balandlikka ko’targanda o’yin qatnashchilariga ikkitadan imkoniyat beriladi. O’yin qatnashchilari ikki imkoniyatdan ham foydalana olmasa, u musoboqadan chiqadi. Oxirgi va oxirgidan oldingi balandlikdan o’tgandan so’ng ko’proq o’yin qatnashchilari qolgan komanda g’olib hisoblanadi.7
Yugurib kelib uzunlikka sakrash. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linib, zalning (maydonchaning) bir tomonida bir kishilik qatorda saflanadilar. Har bir komandaning birinchi turgan o’yinchilaridan 3-4 metr nariga gimnastika to’shagi ustma-ust to’shaladi. Gimnastika to’shagidan bolalarga tomon 70-80 sm narida chiziq tortiladi-bu tepsinish chizig’i hisoblanadi. O’qituvchi bolalarga tez yugurib borib, chiziq oldida yerdan bir oyoqda qattiq tepsinib, to’shakka yumshoq sakrash kerakligini tushuntiradi. O’qituvchi signali bo’yicha har bir komandadan bittadan bola navbatma-navbat sakraydi. O’qituvchi to’shak oldida turadi, ya'ni bolalar sakrayotganda zarurat tug’ilganda yordam beradi. Belgilangan muddatda ko’proq to’g’ri sakrashga ulgurgan komanda g’olib hisoblanadi 7
Ushbu o’yinlardan maqsad bolalarni chaqqon harakat qilishga o’rgatish, ularda sakrash va yugurish kabi harakatlarni mustahkamlash va chaqqonlikka o’rgatishdan iborat. Har bir o’qituvchi o’zining metodidan kelib chiqqan holda o’shbu o’yinlarga o’zgartirishlar kiritishi mumkin.
Misol tariqasida keltirilgan harakatli o’yinlar voleyboldagi asosiy o’yin malakalarini samarali ijro etilishiga zamin yaratadi. Ma’lumki, o’yin tarzida qo’llanilgan mashqlar bolalar organizmida o’ta charchash yoki zo’riqish alomatlarini tez paydo bo’lishini orqaga suradi. Buning sababi, o’yin davomida shu bolalarning emotsional holati ko’tariladi, ular yuklama haqida o’ylamaydilar.
Boshqacha qilib aytganda bunday o’yin yuklamalari bolalarni charchashdan chalg’itadi. Aynan shu holatlar shug’ullanuvchi yosh bolalarda jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga turtki beradi.
Xulosa.Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, o’qituvchi bolalarni voleybolda, umuman har bir bir sport o’yinlarida, o’yin malakalarini puxta hamda mustahkam egallashlari uchun dars jarayonida yanada ko’proq harakatli o’yinlardan kerakli o’rinlarda foydalanish juda muhimdir.
Malakali voleybolchilarni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’p yillik mashg’ulot jarayonida yuqorida qayd etilgan harakatli o’yinlarni muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik sifatini unumli shakllantirishga imkon yaratadi, balki texnik-taktik mahoratni qisqa muddatlarda osonroq takomillashuviga asos bo’ladi.



Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling