Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-giperaktiv-bolalar-uchun-o-yin-texnologiyalarini-tashkil-etish-usullari
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1120 tomonidan kafolatlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga juda katta ahamiyat qaratilmoqda. Yuqorida aytib o’tilganidek maktabgacha ta’lim, ta’lim turining asosiy negizi bo’lsa, aynan maktabgacha yoshdagi bolalar kelajagimiz poydevori hisoblanadi. Shuning uchun ham yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish xalq ta’limi sistemasining boshlang’ich bo’g’ini 173 bo’lgan maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari o’rganilgan ko’plab ishlar mavjud bo’lib, bulardan biri «giperaktiv» ya’ni bir soniya ham o’tira olmaydigan haddan tashqari harakat mator faolligining kontsentratsiyasidagi nuqsonlari deb nomlangan muammo o’ta dolzarbdir. «Giperdinamik sindrom»- bu emotsional regulyatsiya tizimidagi buzilishlarning namoyon bo’lishi. Bu turli xil sabablar (homiladorlik va tug’ruqning asoratlari, erta bolalikdagi somatik kasalliklar, (jismoniy va ruhiy) natijasida yuzaga keladigan mikroorganik miyaning psixik shikastlanishi bilan bog’liq. Bu sindromning yana bir nomlanishi «Bebosh bola» sindromi deb nomlanadi. Bugungi kunda esa ushbu sindromga genetik moyillik mavjudligi haqida ham ma’lumotlar bor. Chunki ushbu kasallik aniqlangan bolalarning ota-onasining 30 foizi bolalik davrida bebosh bo’lgan bo’lishadi. Ayniqsa, ota-onadagi psixopatologik xarakter, spirtli ichimliklarga moyillik va giyohvandlik bolaga o’tishi mumkin. Giperaktiv sindromining asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg’ulari va xulq-atvorining buzilishlaridan iborat. Bularga: - Impulsivlik (tezkor); - Bir joyda tinch o’tira olmaslik; - Boshlangan o’yinni oxiriga yetkazmaslik; - Birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik; - O’z bilganidan qolmaslik, qaysarlik; - Diqqatning pasayishi, uquvsizlik; - Atrovdagilar ishiga va boshqa bolalar o’yiniga aralashish, ularga 174 xalaqit berish; - Tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish Iskovuchlar O’yinning maqsadi: ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish; O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga xonadagi narsalarning fato suratini yoki buyumning parchasini korsatadi. Bolalar esa ushbu elementni imkon qadar tezroq xonadan topib, uni ko’rsatishlari kerak. O’yinni murakkablashtirish uchun siz obyektni taniydigan va topadiganlardan uning nomini ovoz chiqarib aytmaslikni va ko’rsatmaslikni (yoki hakam qo’lini ko’targan boladan so’raydi) so’rashingiz mumkin. Baliqchi va baliq haqidaO’yinning maqsadi: diqqatni jalb qilish, aqliy va jismoniy bilish qobilyatlarini tiklash, bolaga qiziquvchanlikni uyg’otish. O’yinning borishi: Bolalar juftlarga bo’linishadi. Juftlardan biri qo’llarini yoyadi va ularni kestirib, balandlikda ushlab turadi. Bu tuzoq, baliq uchun «to’r». Ikkinchisining vazifasi qo’lini ushlamasdan tuzoqning har ikki tomonining o’rtasida turish. Tuzoq har qanday soniyada yopilishi mumkin va baliq «to’rda» bo’ladi. Agar baliqchi baliq tutgan bo’lsa, unda ular o’rinlarini almashadi. Giperaktiv sindromi aniqlangan bolalarning kata yoshdagilar bilan munosabati ham yaxshi kechmaydi. Chunki ularning e’tiborini har doim ham maqtov va rag’batlantirish orqali qozonib bo’lavermaydi. Shu bilan birga ularni do’q-po’pisa bilan tarbiyalash va yo’lga solish o’ta no’to’g’ri yo’ldir. Bunday usul ularda xulq-atvor buzilishlarini faqat kuchaytirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling