Volume-26, Issue-2, January–2023 1
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 5.34 Mb. Pdf ko'rish
|
98-71-PB
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 37 4-rasm. Bens-1885 y. Bens va Daymler o‘zlarining ixtirochilik faoliyatlarini birbiridan behabar holda va turli sharoitlarda boshlaydilar. Bens iqtidorli mexanik, ya’ni tug‘ma amaliyotchi bo‘lsa, uning vatandoshi Daymler nafaqat Germaniyada balki Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlarida texnika sohasida nazariy bilimlardan ta’lim olib mashinasozlik sohasida muhandis edi. Daymler Bensdan mustaqil ravishda o‘zining havo bilan sovitiladigan benzinli dvigatelini yaratib 1883 yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu dvigatelni maxsus velosipedga o‘rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa qulamasligi uchun roliklar o‘rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885 yili dunyoda birinchi mototsikl yaratildi. Daymler Beng‘dan farqli ravishda 1886 yilda o‘zining 4 g‘ildirakli avtomobilini yaratdi. 1889 yili Daymler engil metall kuzovli va velosiped g‘ildiraklariga o‘rnatilgan motorli aravani yaratdi. Daymler bu modelni 920 ayl/min chastotaga ega bo‘lgan 2 silindrli V simon dvigatel bilan jihozladi. Aynan shu model Karl Bensni Parijda xalqaro ko‘rgazmada hayratda qoldirgan edi. Daymlerning bu dvigatelini fransuz «Panar-Levassor» firmasi sotib olib o‘z avtomobillariga qo‘llaydi. 1890 yili Daymler Germaniyada, uning ishlari bilan qiziqqan xomiylar yordamida «Daymler-motoren- Gezelshaft» avtomobil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyatini tashkil etib «Daymler» markasi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Fransiya - Prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Fransiya bozoridagi mavqeiga jiddiy putur etkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi «Daymler»ni boshqi nom bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni «Daymler» markasi firma savdo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling