Volume-33, Issue-2, May-2023 123 mahmudxo‘ja behbudiyning geografiya fanining rivojiga qo‘shgan xissasi
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 85.1 Kb. Pdf ko'rish
|
123-129 (1)
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-33, Issue-2, May-2023 126 kemachi kaputanlar Shimoliy Amerikaga borub, Sanika degan jazirani topib, Yangi Arxangil degan shaharni bino qilib, Bering bug‘ozini topdilar. Xulosa, uch-to‘rt asrdan beri yildan-yilga ilgari bilinmagan va eshitilmagan jazira mamlakat va qutblar tarafidagi yerlarni ahvoli farangiy-Ovrupo ulamoyi jo‘g‘rofiyyun va sayyohlarning g‘ayrati ila olam yoyinki ilm ahliga bilindi», deb Amerikani va unga tutash hududlarni kashf qilinganligini aytadi.Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z asarlarida o‘sha davrda Yevropa mamlakatlarida geografiya jamiyatlari tuzilganligi, uning a’zolari va geografiyaning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi. Bundan tashqari, butun dunyoda «Geografiya jamiyati» tashkiloti tuzilganligi, uning a’zolari soni nihoyatda ko‘p ekanligini, har bir jamiyat a’zolari geografik yangiliklarni yetkazib turishini izohlaydi.Behbudiy «Jo‘g‘rofiya o‘qimoqni naf’i» asarida aynan geograf bo‘lmasa-da geografiya fanini o‘qimoqning foydasini, geografiya va uning ilmlarini ko‘p va xo‘p ulug‘laydi. Bu borada «odam bolasini qancha ilmi ziyoda bo‘lsa, dunyo, tarix, jo‘g‘rofiya ilmidan xabari bo‘lsa shuncha yaxshidur. Bu ilm odamg‘a butun dunyoni va ko‘p nimarsalarni bildiradur. Dunyo odamlarini din va mazhabi, tiriklik va raftori, taraqqiy yo tanazzul sababi, yaxshi va yomonliklari, mamlakatlarni tinch va osoyish yo zulm va javrg‘a turg‘oni, xulosa butun ahvoli dunyoni, podsholarni quvvati, davlati, odamlarni odati, yer yuzini ahvolini bildiraturg‘on ushbu ilmdur» deb odamlarni geografiyani o‘qishga da’vat etadi. Bundan tashqari, yer yuzida odamlarning jo‘g‘rofiya ilmiga qiziqishi, faqat turkistoniylar bu ilmdan bebahra ekanidan afsuslanib, suvda suzuvchi paroxod, poyezdlar, samolyot orqali uzoq yo‘llarni yaqin bo‘lgani va boshqa yangi geografik kashfiyotlar bo‘layotganini aytib o‘tadi. Behbudiy tabiatdagi sikllik va ritmik hodisalarni, ya’ni yerni o‘z o‘qi va quyosh atrofidagi harakati natijasida hosil bo‘ladigan geografik hodislarni quyidagicha ta’riflaydi: «Yoyinki yerni o‘rtasi xatti istivora (qiyom, tush vaqti), kecha va kunduz doim barobar bo‘lgan suvratga, bizni Turkistong‘a na uchun goh uzun va qisqa bo‘lub, kunimiz 9 ila 15 soat orasig‘a yuradur? Har qancha yerni shimol yo janubidagi chet (qutb)lariga qarab borilsa, kun va yotun ulaydur. Qutblar tarafig‘a bir-ikki, hatto, 6 oygacha kun botmaydur. Peturburg shahriga qish olti soat, yoz 19 soat kunduz bo‘lib turadur (bu yerda M.Behbudiy qutb kuni va tunini nazarda tutgan) sababi nima deb, bir kishi so‘rasa yoyinki bir oy kun botmaydurg‘on joyg‘a musurmonni ibodatlari va amri nahyini qanday barjoy kelturuladur? Yoyinki na uchun kecha va kunduzni farqi yer ila osmonchadur? Har shaharni tul va g‘urubi (kun chiqishi va uning botishi nazarda tutilmoqda) va uchun oldin va keyindur deb so‘ralsa, bizlar, xususan, ulamomiz na javob berarmiz? Bilmaymiz, yoyinki «unday bo‘lmasa kerakdan boshqa javob aytolmasak kerak. Bu savollarga jo‘g‘rofiya o‘qimaguncha javob berib bo‘lmaydur va jo‘g‘rofiya ilmi javob beradur». Shu xulosasi bilan Behbudiy geografiyani bilishlikning afzalliklari nimada ekanini aytib o‘tadi.Buyuk ma’rifatparvar yer aylanganda nega ustidagilarining yiqilmasligini «Muntahabi jo‘g‘rofiyai umumiy» asarida turli tabiiy geografik hodisalarga bog‘lab ifoda etadi. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab aylanishini va sutka deb ataladigan davr davomida bir marta aylanib chiqishini ta’kidlaydi. Atrof jihoti asliya (asl tomonlar), xarita, plan. Mahmudxo‘ja Behbudiy geografik asarlarida bu borada ham dadil fikrlar beradi: «Qutb shimoliy yulduzi ya’ni, Temur qoziq tarafi «shimol» jihadi hisoblanadur. Ani o‘ng |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling