Volume-33, Issue-2, May-2023 123 mahmudxo‘ja behbudiyning geografiya fanining rivojiga qo‘shgan xissasi


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 85.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi85.1 Kb.
#1509340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
123-129 (1)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-33, Issue-2, May-2023
 
127 
tarafimizg‘a olib, kun botishga qaraganda, yuzimiz «g‘arb», orqamiz «sharq», chap 
qo‘limiz «janub» taraflarig‘a bo‘ladur. Qiblanoma (kompas) degan asbob shimol 
tarafini ko‘rsatadurki, andan iqlim va mavzenga qarab qibla tarafi taxmin 
qilinadur».Behbudiy gorizont tomonlarini izohlar ekan, ularni «jihoti asliya» deb 
ataydi. Uning aytishicha, «xarita yoki planga qaraganda biror odamni ko‘zini yuqorisi 
shimol, quyi tarafi janub, o‘ngi sharq va so‘li g‘arbdur». Bundan tashqari, u 
gorizontning oraliq tomonlarini ham o‘zgacha e’tirof etadi: «Bu to‘rt jihati asliya 
arolalarig‘a yana to‘rt jihoti far’iyya (ikkinchi darajali) borki, to‘rt jihotni kunji 
hukmig‘adur. Sharqiy-shimoliy, g‘arbi-shimoliy, sharqi-janubiy, g‘arbi-janubiy deb 
ataladur.U dunyo kartalarini tuzish, ularning paydo bo‘lishi va yasalishi to‘g‘risida o‘z 
ilmiy qarashlarini ifoda etib: «Bizni fikr aqlimizg‘a sig‘maydurg‘on yer yuzi shaklini 
bir taxta qog‘oz ustig‘a naqsh qilibdurlar, degan holg‘a ushbu katta dunyoni qanday 
bir tarroh (tarxini chizuvchi), aqqos (aks ettiruvchi, fotograf), planchi yurub necha 
muddatga naqshasini (tasvirini) oldi, degan savol keladur. Bir aqqos, bir planchi emas, 
ming-ming ustozlar, sayyohlar, muhandislar dunyo yuziga avvaldan, xususan, besh yuz 
yildan beri paydar-pay, doim yurub, o‘lchab, yozib ohista-ohista hozirgi martabasig‘a 
jo‘g‘rofiya ilmini va dunyo naqshasini kelturdilar», deydi.Undan tashqari 
Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyo okeani, materik, qit’alar, orol va yarimorollar 
kartalarini yaratilishi va undagi o‘lchov ishlari, ya’ni, masshtab haqida quyidagicha 
yozadi: «Ammo katta bir qit’a yoyinki bir botmon yerni bir taxta qog‘oz ustig‘a planini 
ko‘rsatmoq tariqasi tuzurki, masalan, bir yerni uzunligi 60 sajin, eni 40 sajin ekan. 
Ushbu tul va arz masofalarini bir varaq qog‘oz ustiga 60 sajin o‘rniga 60 nuqta 
masofatini ko‘rsatgan ila fahmlamog‘i «tarsim» (rasm) qilinmog‘i mumkindur. Har bir 
plan, xarita ustig‘a bir necha sifr va raqamlar borki, «miqyos» (masshtab) ataladurki, 
o‘shal xaritadagi mamlakatni asl vus’atidan ushbu xarita qancha marotaba kichikligini 
bildiradur. Chunonchi, bir joyni turli yuz chaqirim ekan, qog‘oz ustig‘a bir verto‘q xat 
uzunligi bor va xarita oxirig‘a «bir verto‘q yuz chaqirimdur», degan ishora va miqyos 
bordur. Yana mufassal xarita, planlar bordurki, tog‘larini balandligi, toshlarini 
xosiyati, hay’ati, nahrlarini chuqurligi, balig‘larini kamarigacha ko‘rsatadur», deb tog‘ 
va tekisliklarini balandligi, tog‘ tosh qatlamlarining xususiyati, okean va dengizlarning 
chuqurligi, cho‘kmalar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilishini aytib o‘tadi. Uning 
geografik qarashlarini nechog‘lik keng va serqirra bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. 
Qolaversa, ushbu maqolamizda Behbudiyning geografik merosining bir qisminigina 
tahlil qilindi, xolos. O‘zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda 
(R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf,Olmoniyadagi Xumboldt universiteti 
professori Ingeborg Baldauf - zamonamizning eng atoqli turkshunos va 
islomshunoslaridan biri, B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQSHda (E. Olvort) va 
boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib 
borilgan. Mutafakkir olimning yozib qoldirgan asarlarini o‘rgangan har qanday 
geografiya fani o‘qituvchisi, uning geografiya faniga oid yozib qoldirgan bilimlarini 
o‘quvchilarga yetkazib bera oladi. O‘lkamizda geografiya faning rivojlanishiga uning 
yaratgan asarlari qanchalik ahamiyati borligini his qilishadi deb o‘ylaymiz. 

Download 85.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling