Volume-6, Issue-1, March-2022 72 psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi
PEDAGOGS international research journal
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
72-79 (1)
PEDAGOGS
international research journal www.pedagoglar.uz Volume-6, Issue-1, March-2022 78 hursand qilish mumkin. Aksincha hayotdan mamnun hursand insonni bir so‘z bilan qalbini vayron qilish va uni yuragiga zarba berish mumkin bunday hayotiy misollar atrofimizda deyarli har kuni sodir bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Inson ongli mavjudot bo‘lib u hayvondan shu ongi bilan ajralib turadi. Ong insonda bolalik chog‘idan boshlab shakllanadi. Ong ostidagi ma‘lumotlar bola 3-yoshga kirguniga qadar yozilib 5-yoshgacha bu ma’lumotlar yanada mustahkamlashib, o‘rnashib boradi va bolaning butun xayotini belgilashi ham hech gap emas. Bunga misol qilib dunyoga kelgan chaqaloq qanchalik kutilgan va sevilgan bo‘lsa bolalik chog‘lari ona mehriga to‘yib, yaqinlari atrofida suyukli bo‘lgan bola, ongida hamma insonlar yaxshi, dunyo yaxshi, chunki men yaxshiman degan ustanovkalar o‘rnashib voyaga yetadi va hayot davomida qiyinchiliklar yo‘lida uchraganda ulardan chiqib ketish yo‘llarini topa oladi. Lekin buning teskari tomoni ham bor bola kutilmagan, ona esa tug‘ruq davrida boladan voz kechishni hohlagan, uyda turli xil ziddiyatlar, kelishmovchiliklar bor oilalardagi bolalar ongida men yomonman va dunyo ham undagi yashovchi insonlar ham yomon degan ustanovkalar bilan voyaga yetadi va xayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Ong bizga yaratuvchi tomonidan berilgan buyuk ne‘matdir. Ongning nima ekanligini tushunishimiz uchun, avval ongsizlikni bilish kerak. Misol uchun, ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemorlarning ko‘pchiligi ongsiz harakat qilishadi. Ularning ko‘ziga allanimalar ko‘rinib, qulog‘iga qandaydir ovozlar eshitiladi. Kimlar bilandir gaplashadi, kimlardandir qochadi. Bu harakatlarni ular ongsiz ravishda bajarishadi. Es-hushi joyida odam hamma narsani nazorat qila oladi. Ong hamma narsani anglab, so‘ng bizga yetkazadi. Ongni o‘stirish uchun ko‘p kitob mutoalasi bilan mashg‘ul bo‘lishimiz ilm olish uchun harakat qilishimiz o‘z ustimizda ishlashimiz lozim zero oliy ma’lumotli odam bilan o‘rta ma‘lumotli odam o‘rtasida sezilarli farq bor. O‘z ustida tinimsiz ishlab, ko‘p o‘qigan odamning ongi ham yuqori bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytadigan bo‘lsak psixologiya fani eng qadimgi fanlardan bo‘lib uning shakllanishida ko‘plab psixolog olimlarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling