Volume-6, Issue-1, March-2022 72 psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi


PEDAGOGS   international research journal


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana27.08.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1670816
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
72-79 (1)

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-6, Issue-1, March-2022
 
73 
ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, 
anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qator 
psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm
geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. [2] Bixeviorizm (ing . behaviour 
hulq) — XIX asrning oxiri XX asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi 
oqimlaridan biri. Bu ta‘limoti asosida odam va hayvon hulqida tashqi muhitdan 
boʻladigan ta‘sir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan hatti-harakat 
va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmusi yotadi. Bu introspektiv 
psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperemental tadqiq qilish 
ta‘siri ostida yuzaga kelgan.Gestaltpsixologiya bu, birinchi navbatda, idrok, 
fikrlash va shaxsiyatni tushuntirishga urinishlar bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy 
psixologik yo‘nalishdir.
Personalizm (lot.persona — shaxs) — falsafiy yoʻnalish. 
Unga koʻra, 
odam
fikrlovchi 
mavjudot
emas, 
harakat
qiluvchi, muayyan mavqeni 
egallovchi shaxsdir.
 
Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini 
bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar. 
Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi ta‘limotiga qarama-qarshi 
qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini 
ishlab chiqdi. Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy 
qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. 
Ammo ba‘zi faylasuflar va shifokorlar asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. 
Inson hususiyatlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz 
aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda 
(Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) Psixologiya 
yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan. 
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki ilmiy 
psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879-yilda Leyptsig (Germaniya) 
universitetida asos solingan birinchi eksperemental laboratoriya ochilishidan 
boshlandi. Psixologiya fani aniq bir fan emas hozirgi kunga qadar dunyo olimlari 
psixologiya fani haqida bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Har bir inson ruhiyatida 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling