Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet
Download 125.32 Kb.
|
Adabiyot nazariyasi Word
Arxetip deyilganda, inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo`lgan turg`un «sxema»lar, konstruksiyalar, qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko`rish mumkin bo`ladi. Arxetip konstruksiya va sxemalardan o`ziga xos «sujet va sujet holatlari» jamg`armasi hosil bo`ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko`chib yuradi. Masalan, “bulbul -gul – chaqirtikanak” sxemasi xalq og`zaki ijodiga mansub ertak va dostonlarda (“Tohir - Zuhra – Qorabotir”), mumtoz she`riyat (“oshiq – yor – ag`yor”), dostonchilikda (“Farhod – Shirin – Xisrav”), hozirgi adabiyotda (“Otabek – Kumush – Homid”, “Yo`lchi – Gulnor – Mirzakarimboy” va b.) turlicha talqinlarni topganini ko`rish mumkin.
Ma`lumki, badiiy obraz tasvirlanayotgan narsa bilan u ifodalayotgan narsa har vaqt ham bir xil bo`lmaydi. Shundan kelib chiqib, ifoda va tasvir planlari munosabatiga ko`ra avtologik, metalogik vasuperologik obrazlar ajratiladi. Avtologik obrazlarda tasvirlanayotgan va ifodalanayotgan narsalar bir-biriga mos tushadi. Metalogikobrazlarda tasvirlanayotgan narsa bilan ifodalanayotgan narsa bir-biriga mos emas, lekin ularning orasida ma`lum bir munosabat (o`xshashlik, aloqadorlik, qism va butun aloqasi, vazifadoshlik va h.) mavjudki, ifodalanayotgan narsa shu munosabat asosida anglashiladi. Misol tariqasida Faxriyorning quyidagi she`rini olaylik: Devorga osig`lik qilich zanglarini to`ka boshladi. Yaraqlay boshladi to`satdan yarim oy shaklida. Lekin devor qizil edi. Ushbu she`r 1988-yilda yozilgan bo`lib, “Arafa” deb nomlanadi. Agar yozilgan payti va nomlanishini e`tiborga olsak, she`rdagi obrazlar zamiridagi ma`no anglashiladi. Bu o`rinda “qilich” aloqadorlik asosida “jang, kurash” ma`nolarini beradi. Lekin qilich “zanglagan”, ya`ni, uzoq vaqt o`z vazifasini bajarmagan, devorda osilibgina turgan. Qilichning “yarim oy” shaklida yaraqlay boshlagani – istiqlol arafasida milliy ozodlik g`oyalarining kuchaygani, bu yo`lda kurashlar boshlanganini ifoda etadi. Nihoyat, qilich yaraqlay boshlagan bilan hanuz “devor qizil”, ya`ni, hali “qizil imperiya” hukmron edi. Biroq bularni oddiygina ko`chim deb tushunmaslik kerak. She`rda “Zanglarni to`kib, yarim oy shaklida yaraqlay boshlagan qilich” va “qizil devor” obrazlari yaratilgan. To`g`ri, bu obrazlarning ma`nosi ham ko`chimlar singari o`xshashlik, aloqadorlik asosida anglashiladi, lekin ularni metoforik obrazlilikning yuqoriroq darajasi deb tushunish lozim. Superlogik obrazlarda esa ifoda va tasvir planlari bir-biriga mos emas, ayni paytda ularning orasida muayyan bir munosabat ham kuzatilmaydi. Ya`ni, bunday obrazlarda ifodalanayotgan narsa shartli ravishda (ma`lum bir kontekst doirasida) anglashiladi. Eng muhimi, bunday obrazlarda tasvirlanayotgan narsa o`zining bevosita ma`nosiga ham, ko`chma ma`nosiga ham ega bo`laveradi. Masalan, Oybekning “Na`matak” she`rida “na`matak”, “vaxshiy qoyalar”, “bir savat oq gul”, “quyosh” obrazlari o`z holicha ko`z oldimizda tabiyat manzarasini namoyon etadi. Ayni paytda shu obrazlarning o`zi, agar she`r yozilgan davr sharoiti va Oybek biografiyasi kontekstida olib qaralsa, mustabid tuzum sharoitidagi san`atkor qismatini ifodalaydi. Начало формы Download 125.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling