Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet
Download 125.32 Kb.
|
Adabiyot nazariyasi Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 bo`g`inlidan tortib 16 bo`g`inligacha
Sillabik she`r tizimida misralardagi bo`g`inlar miqdorining tengligi o`lchov asosi sanalib, bu tizim bo`g`inlari sifat jihatidan sezilarli farqlanmaydigan tillarga xosdir. Masalan, o`zbek tilida bo`g`in cho`ziq-qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg`u ham turg`un (asosan, so`z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun ham sillabik she`r tizimi o`zbek tili xususiyatlariga ko`proq muvofiq keladi - she`riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik she`r sistemasi polyak, serb va xorvat she`riyatlarida ham yetakchi o`rin tutadi. Shu o`rinda she`r tizimi tilning tabiatiga mos bo`lishi zarurligining yorqin misolini keltirib o`tish joiz. Rus she`riyatida polyak she`riyati ta`sirida XVIII asrgacha sillabik she`r tizimi qo`llangan. Urg’usi turg`un bo`lgan bu tizim urg`u o`rni muqim bo`lmagan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she`riyatida uzoq yashay olmadi.
Tonik she`riyatda misralardagi urg`ular miqdori o`lchov asosi qilib olinadi. Ya`ni bu tizimda misralardagi bo`g`inlar miqdori ahamiyatsiz, urg`ular miqdori teng bo`lsa kifoya. Bilasizki, so`zlar turli bo`ginlardan tarkib topadi, ularning ayrimlari urg`u olmaydi. Demak, tonik she`rning misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko`rinishi jihatidan nasriy nutqqa o`xshab ketishi mumkin. Tonik she`riyatning alohida bir ko`rinishi sifatida sillabo-tonik she`r tizimini ko`rsatishimiz mumkin. Bu she`r tizimi XYIII asr o`rtalaridan boshlab rus she`riyatida qaror topa boshlagan va hozirda unda yetakchi mavqe egallaydi. Unda misralarda urg`uli bo`g`inlarning muayyan tartibda (beshta asosiy turoq shaklida: - v, v -, - - v, v - -, - v - ) takrorlanib kelishi o`lchov asosi sanaladi. Hozirgi o`zbek she`riyatining yetakchi she`r tizimi - barmoq, yuqorida aytilganidek, misralardagi bo`ginlar sonining tengligiga asoslanadi. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn deb atarkan, shunday yozadi: «Milliy vaznimizda asos so`z bo`g`imlarining sanog`idir. Bir baytning birinchi misrasi necha bo`g`im bo`lsa, ikkinchi misrasi ham shuncha bo`g`im bo`ladur. Bo`g`imlarning harf, cho`zg`i sonlariga esa ahamiyat berilmaydur", - deb yozadi. Fitratning barmoqni «milliy vazn» deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o`zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo`lsa-da, xalq og`zaki ijodining asosiy she`r tizimi barmoq bo`lib qolaverdi. Bu, birinchi galda, barmoqning o`zbek tili xususiyatlariga to`la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan, jadid shoirlar Cho`lpon, Fitrat, Hamzalarning ijodi bilan she`iyatimizda yana barmoqning yetakchilik davri boshlandi. Barmoq she`r tizimida mutaxassislar 4 bo`g`inlidan tortib 16 bo`g`inligacha bo`lgan vaznlar tarqlanganini ta`kidlaydilar. Vazn har bir konkret she`rda yuzaga chiqadigan hodisa sanalib, uni metr (o`lchov) deb ham nomlanadi. Barmoqdagi o`lchov belgilanganda, avvalo bo`g`inlar soni, keyin turoqlanish tartibi ko`rsatiladi. Masalan:
Yuzlaringni / mayliga yashir, 9 (4 +5) Kerak emas / nozlar, imolar. 9 (4 + 5) Go`zallikning / qoshida axir, 9 (4+ 5) Cho`kka tushgan / hatto xudolar. 9(4+5)
Suratimni / chizmoq uchun 8 (4 + 4) Oppoq bo`yoq / tanlading. 8 (4 + 4) Va dunyoga / nega kelib 8 (4 + 4) Ketganimni / anglading. 8 (4 + 4) (U.Azim)
Misradagi bo`g`inlar soni va ularning qay tartibda turoqlangani she`rning ritmik intonatsion xususiyatlariga sezilarli ta`sir qiladi. Shuning hisobiga barmoq tizimida vaznlar rang-barangligi yuzaga keladi. Masalan, bo`g`inlar soni kam bo`lgan vaznlarda o`ynoqi, biroz shiddatli ohang yuzaga keladi: Keyin /ne bo`ldi, (2+3) Keyin /to`y bo`ldi, (2+3) Qolmadi /sirlar (3 + 2) Jiyda/ tagida... (2+3)
Download 125.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling