Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet
Download 125.32 Kb.
|
Adabiyot nazariyasi Word
Hijodan keyingi ritmik bo`lak - juzvni alohida ajratish o`zbek aruzi uchun unchalik zarur bo`lmasa-da, ularga ham qisman to`xtalib o`tamiz.
Keyingi ritmik bo`lak - ruknlar juzvlarning muayyan tartibda birikishidan hosil bo`ladi. Masalan, bitta vatadi majmu` (v -) va ikki sababi hafif (-) birikuvidan mafoiylun (v - - - ) rukni hosil bo`ladi. Aruz tizimining asosini tashkil etuvchi sakkizta asl rukn (asllar)quyidagilar: Faulun v - - Foilun - v - Mafoiylun v - - - Foilotun - v - - Mustaf ilun - - v - Maf ulotu - - - v Mutafoilun v v - v – Mafoilatun v - v v –
Mazkur asllarning she`r misrasida muayyan tartibda takrorlanishidan bahrlar yuzaga keladi. Aruz tizimida 19 ta asosiy bahr mavjud bo`ladi. Bahrlar she`riyatimizda ishlatilishi, faolligi jihatidan bir-biridan sezilarli farqlanadi. Jumladan, aruzshunos A.Hojiahmedov ma`lumotiga ko`ra, ulardan 7 tasi (vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, mushokil, g`arib) o`zbek she`riyatida mutlaqo qo`llanilgan emas; mutadoriq komil va tavil bahrlaridan juda kam shoirlar foydalanganlar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz, muzori` xafif, mujtass, munsarih, sari`, mutaqorib) o`zbek she`riyatida faol qo`llanilgan. She`r misrasida bahrlardagi asllar o`zgarishsiz yoxud ma`lum o`zgarishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. O`zgarishsiz takrorlangan asllardan hosil bo`luvchi bahrlar solim bahrlar deb yuritilsa, o`zgarishga uchragan ruknlari (furu`) bo`lgan bahrlar far`iyhisoblanadi. Asllarning o`zgarishga uchrashi aruzshunoslikda «zihof» deb yuritiladi. Zihoflar turlicha ko`rinishga ega bo`lib, bunda asllar tarkibidagi hijolardan biri yoki bir nechasining tushirib qoldirilishi; sifat o`zgarishiga (qisqa hijoning cho`ziqqa, cho`ziq hijoning qisqaga, cho`ziq hijoning o`ta cho`ziqqa aylanishi) uchrashi; bir paytning o`zida ham hijo tushishi, ham qolgan hijolarning sifat o`zgarishga uchrashi mumkin. Aruzshunoslikda har bir zihofning, shuningdek, shu zihofga uchrashdan hosil bo`lgan tarmoq ruknning o`z nomi mavjud. Birgina hazaj bahrining o`zida o`nlab tarmoqlar yuzaga kelishi mumkin. Zihofga uchragan ruknlarning mavjudligi she`r ohangining o`ziga xos bo`lishiga, ya`ni aruzning ritmik jihatdan rang-barang bo`lishiga xizmat qiladi. Aruzda yozilgan she`r vaznini aniqlash uchun bayt asos qilib olinadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn nomi — sadr, oxirgisi — aruz, ikkinchi misrasidagi birinchi rukn — ibtido, oxirgisi — zarb deb nomlanadi. Sadr bilan aruz, ibtido bilan zarb orasidagi ruknlar hashvdeb yuritiladi. Shunga ko`ra aruzda murabba`, musaddas va musamman vaznlari ajratiladi. Agar baytda to`rtta rukn bo`lsa — murabba`, oltita rukn bo`lsa, — musaddas, sakkizta rukn bo`lsa, musamman vazni yuzaga keladi. Buni taqti` bilan quyidagicha ko`rsatish mumkin: mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun — murabba` vazni; mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musaddas vazni; mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musamman vazni. Aruzda yozilgan she`r vaznini aniqlash uchun, avvalo, bir baytni vaznga muvofiq o`qish, uning taqti`sini chizish, asl va tarmoq ruknlarini aniqlash kerak bo`ladi. Masalan, Navoiyning:
— baytining vaznini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi: 1) baytni vaznga muvofiq ifodali o`qiladi, ya`ni o`qish davomida baytdagi qisqa, cho`ziq va o`ta cho`ziq hijolar his qilinishi, farqlanishi kerak; 2) baytning taqtesi chiziladi: -v--/-v--/-v--/-v~ -v--/-v--/-v--/-v~ 3) asl va tarmoq ruknlar aniqlanadi. Taqti`dan ko`rinishicha, ushbu baytda foilotun asli (- v - -) va uning maqsur tarmog`i (- v~) mavjud. Endi ushbu vaznning nomlanish tartibi qanday yo`zaga kelishi tushunarli bo`ladi: foilotun ruknining takroridan ramal bahri yo`zaga keladi, demaq bayt ramal bahrida yozilgan; baytda sakkizta rukn qatnashgan, demaq u musamman vaznida; baytning aruz vazarbidagi asl qasr zihofiga uchragan (maqsur). Shularga ko`ra baytningvazni ramali musammani maqsur deb nomlanadi.
Tahlil uchun baytlar:
Azaldin tо /abad ko`nglum/ qutulmas ishq/ balоsidin, Yurоkim rah/nalar bo`ldi /bu ishqning mо/jarоsidin.
Charхning mеn ko`rmagan jabru jafоsi qоldimu?! Хasta ko`nglum chеkmagan dardu balоsi qоldimu?!
Mushkin qоshining hay’ati ul chashmi jallоd ustina, Qatlim uchun “nas” kеltirar nun eltibоn sоd ustina. Download 125.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling