Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet


She`r tuzilishi va she`r tizimlari. Aruz she`r tizimi


Download 125.32 Kb.
bet21/34
Sana08.01.2022
Hajmi125.32 Kb.
#253693
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi Word

She`r tuzilishi va she`r tizimlari. Aruz she`r tizimi


Reja:

  1. She`r tizimi va vazn tushunchalari haqida.

  2. Barmoq she`r tizimi.

  3. Erkin she`r (sarbast) haqida.

  4. Aruz she`r tizimi.

Tayanch so`z va tushunchalar: she`r tizimi, vazn, metrik she`r tizimi, sillabik she`r tizimi, tonik she`r tizimi, barmoq vazni, erkin vazn, aruz, hijo, rukn, bahr


She`r tuzilishi va she`r tizimlari. Aruz she`r tizimi


Ma`lumki, ilmiy termin (istiloh) muayyan fan tarmog`i doirasida faqat bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qaramay, amaliyotda bu qoidadan chekinilgan hollarga bot-bot duch kelamiz: ba`zan tushunmaganlikdan, ba`zan so`zning an`anaviy ishlatilishiga ergashib istilohiy chalkashliklarga yo`l qo`yamiz. Masalan, biz aniq bir g`azal haqida «aruz vaznida yozilgan» deyishimiz ham, adabiyot tarixi haqida gapiraturib «aruz vazni musulmon sharq she`riyatida yetakchi mavqeni egallagan» qabilida fikrlashimiz ham mumkin. Holbuki, konkret g`azal «aruz vazni»da emas, aruzning «falon vaznida» (ramali musammani maqsur, xazaji musammani mahzuf va hokazo) yozilgan bo`ladi, ya`ni vazn konkret she`rda namoyon bo`ladigan hodisa, u konkret she`rning o`lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi holda «aruz vazni musulmon sharqi she`riyatida yetakchi mavqeni egallagan» deyilganda «vazn» emas, balki vaznlar sistemasi - she`r tizimi nazarda tutilgan. Ko`rinadiki, biz «vazn» terminini ham konkret she`rning o`lchovi (metr) ma`nosida, ham «she`r sistemasi»  ma`nosida ishlatyapmiz va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. Biz «she`r tizimi» deganda muayyan o`lchov tamoyillariga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan, «aruz tizimi» deyilganda misralarda cho`ziq va qisqa hijolarning ma`lum tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she`riy sistema» tushuniladiki, bu tizim yu`zlab konkret vaznlarni o`z ichiga oladi.

Ma`lum bo`ldiki, «she`r tizimi» she`r tuzilishining asosini, asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she`riyatidagi «she`riy tizim» o`sha xalq tilining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she`r tizimlarining hammasida asosiy o`lchov birligi sifatida bo`g`in olingan. Bo`g`in esa, ma`lumki, turli tillarda turlicha sifat va miqdor ko`rsatkichlariga ega. Shunga ko`ra, jahon xalqlari she`riyatida mavjud she`riy sistemalar bo`g`inning miqdori (sillabik she`r tizimi), urg`uli yoki urg`usizligi (tonik), cho`ziq yoki qisqaligi (metrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlarni o`lchov asosi qilib oladi.



Metrik she`r tizimi misralarda cho`ziq va qisqa hijolarning muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she`r tizimi unlilari cho`ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko`proq xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she`riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema sifatida shakllanib, o`shandayoq uning nazariy asoslari, qat`iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v ) mora deb nomlanib, u eng kichik o`lchov birligi sanalgan. Cho`ziq hijo (-) ikki moraga (v v ) teng deb qaralgan. Shuning o`ziyoq metrik she`r tizimida misralardagi bo`g`inlar soni turlicha bo`lsa-da, ularning talaffuz vaqti teng bo`lganligini va ayni shu narsa izometriyani (izoxroniya asosida) ta`minlaganini ko`rsatadi. Sharq she`riyatida yetakchi o`rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko`rinishidir.


Download 125.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling