Vositalari
Download 442.57 Kb. Pdf ko'rish
|
vS88Pyx7FHb0GH6S9gUE7fy8L4GLggbxIjTDMM0R
- Bu sahifa navigatsiya:
- VOSITALARI” moduli bo‘yicha “MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING
- Ma’ruzachi
- 1. Matematikadan test (baholash) topshiriqlari. 2. Ochiq va yopiq test turladi. 3. Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI “O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH USULLARI VA VOSITALARI” moduli bo‘yicha “MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING “MATEMATIKADAN BAHOLASH TOPSHIRIQLARINING TURLARI, ULARNI TUZISH METODIKASI VA BAHOLASH MEZONLARI” mavzusi bo’yicha ma’ruza matni Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n. Toshkent - 2022 3-Mavzu: Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish metodikasi va baholash mezonlari Reja: 1. Matematikadan test (baholash) topshiriqlari. 2. Ochiq va yopiq test turladi. 3. Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish metodikasi va baholash mezonlari. 4. Nazorat ishlari mazmuni, ularni tuzish va baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar. 5. Nazorat ishi variant namunasi tahlili. Matematikadan test (baholash) topshiriqlari “Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J. Kettel tomonidan 1890-yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, tekshirish, nazorat, sinov ma’nolarini bildiradi. “Test” so‘zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobil javobli test topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriy qilinishi bilan birga kirib keldi. Lekin ingliz tilidan kirib kelgan bu so‘zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. Bu so‘z hozirda kirish imtihonining o‘ziga nisbatan ham va unda ishlatiladigan alohida muqobil javobli test topshiriqlariga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Test so‘zining “imtihon” ma’nosida qo‘llanilishi to‘g‘ri. Masalan, “bugun Andijon davlat universitetida test o‘tkazildi” deyilsa, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin ba’zida test so‘zidan testdagi alohida topshiriqqa nisbatan ham foydalanilishi, masalan, “36 ta testdan 28 tasiga javob berdim” deyilishi, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shuning uchun terminlarga aniqlik kiritib olaylik. Ingliz tilida test so‘zi “shaxsning bilimlari, qobiliyatlari yoki ko‘nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg‘ulotlar to‘plami”ni anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, test deganda faqat muqobil javobli topshiriqlarni o‘zida jamlagan baholash vositasi tushunilmasligi lozim. Uning tarkibiga boshqa baholash usullarini kiritish mumkin ekan. Masalan, ifodali o‘qish, yozma ish, og‘zaki savol-javob va hokazo. Bu jihatdan olib qaraganda, “test” so‘zi o‘zbek tilidagi “baholash” va “imtihon” so‘zlariga sinonim hisoblanadi. Lekin “baholash” so‘zi odatda ancha keng ma’noda ishlatiladi. Binobarin, test sinovi baholashning bir turi hisoblanadi. “Test topshirig‘i” deganda esa testning tarkibiga kirgan va muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi. Kirish imtihonlarida hozirda faqat muqobil javobli test topshiriqlari qo‘llanilmoqda. Aslida test tarkibiga ochiq turdagi (muqobil javoblari berilmagan) savol, insho, og‘zaki savol-javob va boshqa ko‘plab topshiriqlarni kiritish mumkin. Terminlarga aniqlik kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’lim faoliyatida foydalaniladigan turli baholash usullarini o‘rganishda ayrim chalkashliklarni oldini olishga yordam beradi. Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak va doimo shu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bo‘lmaydi: Test (baholash) – bu o‘quvchining bilimlari, qobiliyatlari yoki ko‘nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg‘ulotlar to‘plami. Download 442.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling