Vositasi sifatida


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1505671
1   2   3   4   5
Bog'liq
o-yin-ta-lim-jarayonini-tashkil-etishning-pedagogik-vositasi-sifatida

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 320
doimiy o‘zlikni saqlab turuvchi ta’limiy jarayondir. O‘quvchini o‘yinga jalb etish keyingi 
mehnat va hayotiy faoliyatga tayyorlovchi vositadir. 
Endi o‘yinning ko‘rinishlari va klassifikatsiyasiga to‘xtalamiz. O‘yinlar: 
- yakka-individual, juftli, guruhli, ommaviy o‘yinlar; 
- jismoniy, intellektual musobaqaga asoslangan, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi 
o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, konstruksiyali, kompyuterli o‘yinlar; 
- ijtimoiy o‘yinlar, syujetli, rolli, imitatsiyali o‘yinlar, tashkiliy kommunikativ 
o‘yinlar, qiziqarli o‘yinlar va boshqa turda bo‘lishi mumkin. 
YUkoridagi sanab o‘tilgan o‘yinlarning har birining quyidagi komponentlari 
mavjud. Ular: 
- o‘yinda qatnashuvchilar; 
- o‘yin qoidalari; 
- o‘yinning vaqti; 
- o‘yinning syujeti; 
- o‘yinning rekviziti; 
- o‘yinning yakuni (natijalari, qonun-qoidalariga rioya qilinishi). 
Aynan musiqa ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan o‘yin texnologiyalaridan 
namunalar keltiramiz: 
Tinglash va eslash qobiliyatini rivojlantirish o’yini 
“Musiqani, qo’shiqni kim yozgan,top” 
O’yin materiali: Xaltachada kichik razmerdagi xar xil o’yinchoqlar, bastakorlar
rasmlari stolda yoyiq xolda. 
O’yinning borishi: Musiqa rahbari bolalarning yoshiga ko’ra yil davomida
musiqa mashg’ulotlarida tinglagan, kuylagan musiqa asarlarini chaladi va kuylaydi. 
- Musiqa asarini kim yozgan? - deb bolalardan so’raydi. Bolalar javobi. To’g’ri
topgan bolaga musiqa rahbari- Rasmlar ichida aytgan bastakorni rasmini top- deydi. 
Bola rasmni to’g’ri topib ko’rsatsa g’olib hisoblanadi, unga xaltachadagi 
o’yinchoqlardan bittasini sovg’a qilinadi ya’ni rag’batlantiriladi. O’yin shu tariqa
davom etadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling