Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari


Download 127.01 Kb.
bet17/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
JIK6976969803

22-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari
Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro‘yxatga oladi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi;
mahkumning hukmda ko‘rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.
Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo‘limiga yoki mahkum xizmatni o‘tayotgan joyga yuboradi. 23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo‘llash;
mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish.
24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari
Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yo‘llashga majbur.

Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling